Ippolit Ivanovich Granitov (1900-yil, 2-noyabr, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyati Chaktak qishlogʻi — 1981.31.10, Toshkent) — geobotanik. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). 1960-yildan kafedra mudiri. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtkazilgan bir qancha ekspeditsiyalarda qatnashgan. Oʻrta Osiyo oʻtloqlaridan toʻgʻri va unumli foydalanish, oʻtloqlar hosildorligini oshirish, ayniqsa, Oʻzbekiston choʻl oʻsimliklari genezisi toʻgʻrisidagi masalalarni qal qilishga hissa qoʻshgan.

Ac: Oʻsimliklar qoplami, T., 1949; Janubi Gʻarbiy Qizilqum oʻsimliklari qoplami [2 jildli], T., 1964, 1967.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:2-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:31-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar