Gipsotermometr ( — balandlik va termometr) yoki termobarometr — atmosfera bosimini oʻlchaydigan simobli asbob. Ishlash tarzi bosim oʻzgarishi bilan suvning qaynash temperaturasi oʻzgarishiga asoslangan. Gipsotermometr yordamida suv bugʻining temperaturasi aniqlanib, quyidagi formula asosida atmosfera bosimi r topiladi:p=760+t— 100/0,0375 mm. sim. ust., Bunda t — bosim r dagi suvning qaynash temperaturasi. Bu usul birinchi bor fransuz fizigi va kimyogari A. V. Reno tomonidan taklif etilgan. Gipsotermometr asosan togʻli joylarning atmosfera bosimini oʻlchashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Astronomiya Turkum:Astronomiya asboblari