BOʻTA — oltin, kumush, mis, rux, birinj (bronza) kabilarni eritish uchun ishlatiladigan qad. asbob; dumaloq kosacha. Oʻtga chidamli gilboʻta loyidan yasaladi. Zargar va rixtagarlar maʼdanlarni B.da koʻraga solib eritganlar. XV asr yozma manbalarida tilga olingan. Hozir B. oʻrniga asosan tigel ishlatiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Boʻta · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.