Burgut qalʼa — Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Qirqqiz massivida, Burgut qalʼa vohasida joylashgan va uning markazi boʻlgan qadimiy shahar xarobasi. Yodgorlikning tarixi VI—VIII asrlarga borib taqaladi. U Xorazm viloyatidagi islomgacha boʻlgan eng boy qalʼalardan biri hisoblanganХмельницкий С. Г. Между Кушанами и Арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв. — Берлин—Рига: GAMAJUN, 2000. — 288-bet.. Obyekt hududi 1937-yilda A. I. Terenojkin, 1946-yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, 1953—1956-yillarda Ye. Ye. Nerazik tomonidan oʻrganilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Hozir Burgut qalʼa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.
Tarixi va tuzilishi Burgut qalʼa vohasining koʻplab boshqa qalʼalari oʻlchamlari va dizayni boʻyicha turlicha boʻlib, Bergut qalʼa tomonga qaratib qurilgan. Burgut qalʼa vohasida qadimiy kanal boʻylab uzunligi 25 kilometr, kengligi 2—3 kilometr boʻlgan hududda 800 tadan ortiq mustahkam qalʼa va saroylar borligi aniqlangan. Shimolda Qirgʻiz qalʼa, janubda Teshik qalʼagacha boʻlgan hududda har 100—200 metrda oʻqsimon teshiklari boʻlgan baland mudofaa devorlari bilan oʻralgan dehqonlarning kichik qalʼalari va uylari joylashgan edi. Tadqiqotchilar bu yerdagi donjonli (qalʼa binosining oʻzi shunday nomlanadi), donjonsiz mulklar va alohida imoratlar, tashqaridagi qoʻrgʻonlar yoki biron bir maxsus maqsadda qurilgan binolarni ajratib koʻrsatadiДжаббаров И. Древний Хорезм — страна высокой культуры и уникальной духовности. (Этно-исторические очерки) / акад. АН РУз, д.и.н., проф. Ртвеладзе Э. В. и д.и.н. Дубова Н. А.. — М. : Институт этнологии и антропологии им. Н. Н. Миклухо-Маклая РАН, 2014. — 304-bet..
Burgut qalʼa ark va shahristondan iborat. Ark tarhi kvadrat (100×100 m) boʻlib, 2,5 m qalinlikdagi (balandligi 10,5 m) paxsa devor bilan oʻralgan. Uning har tomonidagi 4 tadan 2 qavatli, nishon tuynukli burjlar 2 m balandlikdagi tagkursilar ustiga qurilgan. Qalʼaning janubi-sharqida mudofaa istehkomi — donjon (18×18 m) joylashgan. U balandligi 8 m li paxsa va gʻishtin tagkursi ustiga kurilgan. Gʻarbiy tomondan kirish eshigi boʻlgan tor yoʻlak binoni ikki qismga boʻlib turagan. Ark ichida zindon va bir necha xonalar ochilgan. Shahriston (maydoni 5 ga) burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Dastlabki Burgut qalʼaning tashqi devorlari ichki devorlari bilan bir xil qalinlikda — atigi 90 sm boʻlgan. Rekonstruksiya paytida ular shu qadar kengayganki, yangi devorlar ichida janub tomonga yoʻnalgan tor dumaloq yoʻlak bor edi. Qayta qurilgan qalʼa VIII asrga tegishli. Bu yerda turar joylar, bozor maydoni, ustaxonalar ochilgan, ulardan sopol idishlar, Xorazm mis tangalari, toshdan ishlangan muhrlar, bezak buyumlar, qurol-yarogʻlar va boshqa narsalar topilgan.
Yana qarang Tuproqqalʼa
Ayoz qalʼa
Mizdaxqon
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Nerazik Ye. Ye., Selskiye poseleniya afrigidskogo Xorezma (Po materialam Berkutkalinskogo oazisa), M., 1966.
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Qoraqalpogʻiston Turkum:Xorazm qalʼalari