Vuchetich Yevgeniy Viktorovich (1908.15(28).12, Yekaterinoslav – 1974-yil, 4-dekabr, Moskva) – rus haykaltaroshi. Badiiy akademiyaning haqiqiy aʼzosi (1953). 1931-yil Samarqandga kelib, Tasviriy sanʼat f-kasida ishlagan va Leningrad BAda oʻqib (1931-33), 1933-yildan yana Samarqandga qaytib kelgan. Rostovda Samarqandda yaratgan asarlarining koʻrgazmasini oʻtkazgan. „General Chuykov“ (1947), „Nazarali Niyozov“ (1948), venger haykaltaroshi J. Shtrobl (1955), yozuvchi Ye. V. Vuchetich. „Qilichlardan omoch yasaymiz!“ (1957). Bronza, granit (Nyu-Yorkdagi BMT binosi oddiga oʻrnatilgan), M. Sholoxovlarning (1958) real obrazlarini yaratgan. Urushda qahramonlik koʻrsatgan jangchilar xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik haykallari Vyazma (1946), Berlin (1946—49), Volgograd (1957—67) shaharlarida oʻrnatilgan. Uning „Qilichlardan omoch yasaymiz“ nomli mashhur asari Bryusselda Gran pri mukofotini olgan (1958).
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Dniproda tugʻilganlar Turkum:Sovet haykaltaroshlari Turkum:Lenin mukofoti laureatlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari