Vtulka — asbob, mashina va mexanizmning silindr yoki konus shaklli ichi teshik detali. Gʻildirak, podshipnik va elektr izolyatsiya vtulkasi kabi xillarga boʻlinadi. Gʻildirak vtulkasi — gupchakning oʻqqa tegib turadigan markaziy qismi; podshipnik vtulkasi— antifriksion materialdan yasalgan yoki metalldan yasalib, sirtiga antifriksion material quyilgan ichi teshik silindr; elektr izolyatsiya vtulkasi — elektr izolyatsion materialdan yasalgan naycha. Binolarning devori, asboblarning metall sirtlari va hokazo orqali elektr simi oʻtkazilganda shikastlanmasligi uchun qoʻllanilad. Metall kesish stanoklarida ishlatiladigan oʻtish vtulkasi ham mavjud bo'lib. U konussimon quyruq kesish asbobi (masalan, parma) ni stanok shpindeliga mahkamlash uchun ishlatiladi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Texnik detallar haqidagi chala maqolalar