Volos — Gresiyadagi shahar, Egey dengizining Pagasitikos buxta (qoʻltiqcha)si boʻyidagi port. Fessaliya ta-rixiy-geografik viloyatidagi Magnisiya nomining maʼmuriy markazi. Aholisi YU7 mingdan ziyod kishi (1990y.lar oʻrtalari). Savdo markazi. Metallurgiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn-teri, iyellyuloza-qogʻoz sanoati korxonalari bor. V. orqali chetga paxta, tamaki, zaytun chiqariladi. Vizantiya davri qalʼalarining harobalari saqlangan. Shaharga XIX asrda asos solingan. 1955 y. zilziladan soʻng qayta qurilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil