Vodiliy (taxallusi; asl ismi Soʻfiyev Abdurahmon) (1893, Fargʻona, Vodil qishlogʻi — 1965, Toshkent) — oʻzbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvgʻin va taʼqiblarda yashagan. V.ning „Devon“i (1963), farzandlariga yozgan oʻgitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“, Alisher Navoiyning „Lison ut-tayr“ dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning „Alvohi intiboh“ asarlariiing oʻzbekcha tabdili V. qalamiga mansub. Sheʼrlarida ozodlik yoʻlida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil