Norbert Wiener () (26-noyabr 1894-yil, Kolumbiya, Missuri – 19-mart 1964-yil, Stokgolm) – amerikalik matematik, kibernetika asoschisi. Dastlabki ilmiy ishlari matematika asoslari, nazariy fizika (kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va uni ballistik hisoblar uchun tatbiq qilishda qatnashdi. Wiener jonli va jonsiz sistemalarni boshqarishga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Shu tariqa fanning yangi bir sohasi kibernetika deb atala boshladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Matematiklar Turkum:1894-yilda tugʻilganlar Turkum:1964-yilda vafot etganlar Turkum:26-noyabrda tugʻilganlar Turkum:19-martda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik olimlar