thumb|Veranda, Ontario (Kanada) Veranda (frans. veranda)— binoga yopishtirib solingan yozgi (sunʼiy isitilmaydigan) qurilma; yon tomonlari ochiq yoki oynabandli yupqa devor bilan toʻsilgan boʻladi. V., odatda, bir, baʼzida ikki qavatli (bino qavatiga qarab) boʻlib, sanatoriy, dam olish uylari, bolalar bogʻchalari, jan. dagi uy-joy va b. binolarda keng qoʻllanilib, yozda xonani quyoshdan saqlash va hordiq chiqarish joyi sifatida foydalaniladi. Oʻrta Osiyo va Sharq meʼmorligida tarqalgan ayvonning bir turi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil