Vanj — (, Vanch) Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining oʻng irmogʻi hisoblandi. Daryoning uzunligi va havzasi maydoni esa ni tashkil qiladiВанч, Great Soviet Encyclopedia. Vanj, Yazgʻulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shimoliy yon bagʻrida 5500 m balandliqdagi muzlikdan, oʻng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi gʻarbiy yon bagʻridagi muzligidan boshlanadi. Gʻarbiy Pomir togʻlari, Vanj va Darvoz tizmalari orasidan oqib oʻtadi. Vanjga Vanj va Darvoz tizmalaridan ham juda koʻp sersuv soylar keladi. Vanj daryosi 5—6 oy toʻlib oqadi, eng koʻp suv sarfi iyul—avgust, eng kam suv sarfi qish oylariga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha suv sarfi 50 m³/sek. Vanjda GES qurilgan. Manbalar
Adabiyotlar "Tajikistan 2002: Vital Maps and Graphics on Climate Change" . Tajikistan Met Service. Retrieved August 18, 2005. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Tojikistondagi daryolar