Umrzoq (1887-yil - 1954-yil) — margʻilonlik yogʻoch oʻymakori. Qoʻqon va Margʻilon oʻymakorlarining anʼanalarini rivojlantirdi. Oʻyma bezakli eshik, darvoza va boshqa meʼmoriy qurilmalar ustasi sifatida shuhrat qozondi, „ustoi xudrod“ („mustaqil ishlovchi usta“) laqabini olgan. U loʻla pardoz uslubida yogʻochga naqshlar solgan, ilk bor yogʻoch oʻymakorligida qora lok bilan ishlashni qoʻllagan. A.ning ayrim asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va respublika Amaliy sanʼat muzeyida saqlanmoqda.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1877-yilda tugʻilganlar Turkum:1954-yilda vafot etganlar