Axta, ulgi – naqsh yoki rasmni qogʻozga chizib, chiziq yoʻllari igna bilan teshib tayyorlangan andaza; shuningdek andazadagi naqshni bezatiladigan buyum, sirtga oʻtkazish usuli. Xalq amaliy bezak san’atining kashtachilik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, naqqoshlik va boshqa turlarida keng qoʻllanadi. Bezatiladigan yuzaga qoʻyilib ustidan pista kumir kukuni surilsa, rasm asosga tushib qoladi.Simmetrik takrorlanuvchi taqsimon naqshlar shaklini koʻchirish uchun juda qulay.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil