Arpagʻon () – bugʻdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi.
Tasnifi Arpagʻonning poyasi silliq, tuksiz, boʻyi 4 – 25 sm. Bargining eni 3–4 mm, tukli. Boshogʻi tuxumsimon, uzunligi 1,5 – 3 sm, eni 0,9 – 2 sm. Boshoqchasi 3 – 5 gulli. Arpagʻon aprel – may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega. Biologik xususiyatlariga koʻra, arpagʻon bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpagʻon eng tezpishar donli ekinidir. Arpagʻon oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin (mayning oxiri – iyun) pishib yetiladi. Arpagʻon zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, koʻkkoʻz va boshqalar. Kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqalar. Arpagʻonning ahamyati shundaki oʻsimlik zamonaviy qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun xonakilashtirilmagan. Arpagʻon turli xil ekologik va biologik zararlanishlarga bardosh berish qobiliyati tufayli hozir olimlar uni bugʻdoy bilan chatishtirish ishlarini olib bormoqdaZhang J, Liu W, Han H, Song L, Bai L, Gao Z, Zhang Y, Yang X, Li X, Gao A, & Li L (2015). De novo transcriptome sequencing of Agropyron cristatum to identify available gene resources for the enhancement of wheat. Genomics 106(2):129-136.. U oson oʻstiriladigan oʻt boʻlib, unib chiqish tezligi ham yuqoriPlummer, A. P. 1977. Revegetation of disturbed intermountain area sites. Pages 302-339 IN: J. L. Thomas, ed. Reclamation and use of disturbed land in the southwest. The University of Arizona Press. Tucson, Ariz.. U boshqa oʻtlarga nisbatan tez oʻsadiHafenrichter, A. L., J. L. Schwendiman, H. L. Harris, R. S. MacLauchlan, and H. W. Miller. 1968. Grasses and legumes for soil conservation in the Pacific northwest and great basin states. USDA Soil Conservation Service, Agriculture Handbook No. 339.. Arpagʻoning hosili bugʻdoynikiga qaraganda pastroq boʻlsada, bugʻdoyga nisbatan mazaliroq hisoblanadiMoss, E. H. 1983. Flora of Alberta (2nd edition). University of Toronto Press. Toronto, Ont.
Tarqalishi Arpagʻon – asosan Yevroosiyo va Shimoliy Afrika keng tarqalganFrederiksen, S. 1991. Taxonomic studies in Eremopyron (Poaceae). Nordic J. Bot. 11: 271–285. Eremopyrum triticeum – deb nomlanadigan arpagʻonning bir turi Shimoliy Amerikaning ayrim qismlarida begona oʻt sifatida keng tarqalgan.
Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega.
Shuningdek bu arpagʻon turlari:
Eremopyrum bonaepartis - Jazoir, Marokash, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon
Eremopyrum distans - Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Moʻgʻuliston
Eremopyrum orientale - Jazoir, Marokash, Tunis, Ruminiya, Ukraina, Qrim, Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Tibet, Moʻgʻulistonda tarqalgan.
Oʻzbekistonda tarqalishi Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻistonda uchraydi. Arpagʻon – bahorgi eng yaxshi yemxashak oʻsimligi. Uning tarkibida 12 – 14% gacha protein va 24 – 27% kletchatka boʻladi. Arpagʻonni hammaqishloq xoʻjaligi hayvonlari yeydi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Bugʻdoydoshlar Turkum:Bir pallali oʻsimliklar Turkum:Botanika Turkum:Oʻsimliklar