Antipassatlar – tropik kengliklarning troposferasida passatlar ustida esadigan gʻarbiy havo oqimi. Antipassatlarning quyi chegarasi oʻrta hisobda 4 kilometr balandda; subtropiklardan ekvatorga tomon va qishdan yozga qadar kuchayib boradi. Antipassatlar Shimoliy yarim sharda asosan janubi-gʻarbdan, Janubiy yarim sharda esa shimoli-gʻarbdan esadi (qarang Passatlar).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Geografik terminlar