Anjabor (, ) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, rombsimon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkish-pushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23-54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri oshlashda ham qoʻllanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Raʼnogulilar