Angidrid (yun. an — inkor qoʻshimchasi va hydor — suv) — biror elementning kislorod bilan birikmasi. Metallmaslarning va baʼzi metallarning yuqori oksidlari Angidriddir. Angidrid ikki usulda: 1) oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan; 2) kislotani qizdirib, suvsizlantirishdan hosil boʻladi. Anorganik kislotalarning Angidridlari kabi orga-nik kislotalarning Angidridlari ham maʼlum. Masalan, sirka Angidrid (SN3SO)2O, benzoy Angidrid (S6N5SO)2O va boshqa kimyo sanoatida atsillovchi vosita sifatida karbon kislota qoldigʻi RCO ni birikmalarga kiritish uchun qoʻllanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.