Al-istiqsot () — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasidagi tushuncha. Moddiy unsurlar — suv, yer, havo va olovni bildiradi. Oʻrta asr Sharq fal-safasida, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Rushd, Umar Xayyom va boshqa taʼlimotlarida barcha moddiy narsalar — materiya 6 guruhga boʻlingan:

osmon jismlari; aqlli maxluqot; aqlsiz maxluqot; oʻsimliklar; maʼdanlar; toʻrt unsur, yaʼni havo, suv, yer, olov.

Toʻrt unsur materiya turlarining eng sodda va boshlangʻichi boʻlib, moddiylikning asosini tashkil etadi. Moddiy narsalarning qolgan 5 guruhi esa boshlangʻich 4 unsurning turli xil qoʻshiluvidan vujudga keladi. Jismlar oʻzgarishi, boʻlinishi, ajralishi, yoʻq boʻlib ketishi, yangidan vujudga kelishi mumkin, lekin boshlangʻich 4 unsur yoʻq boʻlmaydi. Bu taʼlimot oʻrta asr maʼnaviy hayotida muhim rol oʻynaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar