Avrelian, Lutsiy Domitsiy (214–275) – Rim imperatori (270-yildan). Dunay legionlari tomonidan imperator deb e’lon qilingan. Avrelian Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Resiya va Italiyadan siqib chiqarib, Galliyani boʻysundirgan, biroq Dakiyani qoʻldan chiqargan. Ichki siyosatda mutlaq imperatorlik hokimiyatini oʻrnatishga harakat qilgan (ilk bor rasman janob va tangri – Dominus et deus deb atalgan), mamlakatda yalpisiga yangi ma’bud – quyosh tangrisiga sajda qilishni joriy qilgan. 273-yil Rimda monetariylar harakatini bostirgan. Avrelian davrida Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida Avrelian devori qurilgan (harobalari saqlangan). Avrelian fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.

Manbalar

Turkum:214-yilda tugʻilganlar Turkum:275-yilda vafot etganlar Turkum:Rim imperatorlari