Avlos () – qadimgi yunon puflama cholgʻu asbobi. Qoʻshnayga oʻxshab ikkita naychadan yasaladi. Naychalari esa boʻlamonga oʻxshaydi.

Tarixi thumb Rimda (tibiya nomida) va Oʻrta dengiz havzasi mamlakatlarida tarqalgan, silindrsimon shakldagi 3–4 teshikli ikkita (qoʻsh) naychadan iborat boʻlgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, baʼzilari suriluvchan halqa bilan bekitilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan.

Umumiy diapazoni taxminan birinchi oktava re notasidan – uchinchi oktava re notasigacha. Yakkanavoz ijrochilik (avletika)da sozanda (avlet) bir vaqtda ikki avlosdan foydalangan. Antik fojiada, qurbonlik marosimi, harbiy musiqa (sparga)da ishlatilgan. Avlos joʻrnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Puflama asboblar