Aviatsiya mayogʻi – uchuvchiga kechasi va tuman vaqtlarida aerodromni koʻrsatib turuvchi signal qurilmasi. Ilgari (1938–40 yillarda) ikki xil: havo yoʻli va aerodrom Aviatsiya mayogʻi boʻlar edi. Havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi bir-biridan 20–40 km oraliqda oʻrnatilar edi. Aerodrom Aviatsiya mayogʻi bevosita aerodromning oʻziga oʻrnatiladi. Quvvati 1,5 dan 3 kVt gacha choʻgʻlanma lampalar Aviatsiya mayogʻi uchun yorugʻlik manbai vazifasini oʻtaydi. Aviatsiya mayogʻi 60– 80 km naridan koʻrinib turadi. Hozir radionavigatsiya rivojlanganligi munosabati bilan havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi ishlatilmaydi.
Manbalar
Turkum:Aviatsiya