Abdurazzoqov Abdujabbor (1932, Bekobod sh.- 1995, Toshkent) – fizik olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Fizika-mat, fanlari doktori (1972), professor (1973). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida, Toshkent politexnika institutida, Moskva yaqinidagi Dubnada joylashgan Yadro tadqiqotlari Birlashgan instituti (YATBI)da ishlagan (1958-72). Toshkent Davlat Universiteti fizika fakulteti dekani (1972-80), kafedra mudiri (1968-95), Toshkent Davlat Universiteti oʻqituvchilar malakasini oshirish fakulteti dekani (1980-88). Ilmiy ishlari yadro spektroskopiyasiga oid. YATBIda – oʻzi yaratgan betaspektrograflar majmui asosida muhim natijalar olgan. Qisqa yashovchi 100 dan ortiq neytroni yetishmaydigan yadrolarni oʻrgangan, 25 dan ortiq yadroning parchalanish tuzilmasini taklif qilgan, 8 ta yangi izotopni kashf etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1978).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston fiziklari Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari