Boʻston — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1983-yildan). Ellikqalʼa tumani markazi. Aholisi 22,6 ming kishidan iborat (2017), asosan qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, shuningdek rus, tatar, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Urganchgacha 62 km. Boʻstondan Nukusgacha boʻlgan masofa 140 km.
Shahar yonida Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻining filiali (70 ga) barpo qilingan. Boʻstonda 1998—99 yillarda madaniyat va istirohat bogʻi (maydoni 50 ga) bunyod etiddi. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, akademik litsey, madaniyat uyi, 12 ta kutubxona, klub, stadion, 31 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, markaziy dorixona, dehkon bozori, 10 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi bor. Shaharda "Elteks" toʻqimachilik kompleksi, paxta tozalash zavodi, "Elnur" xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. 2 ta avtokorxona, 5 ta koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna faoliyat koʻrsatadi. "Faxriylar bogʻi", "Yashil xiyobon" kabi dam olish maskanlari tashkil qilingan."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Qoraqalpogʻiston shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Ellikqalʼa tumani