Bulungʻur — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman (1973-yildan beri).Tuman markazi Bulung‘ur shahri hisoblanadi. Bulungʻur Samarqandan 31 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bulungʻur. Bulungʻurni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtadi. Dengiz sathidan 736 m balandlikda. Aholisi 23,5 ming kishidan iborat (2000). Bulungʻurda 7 ta sanoat korxonasi (vino, sut, gʻisht zavodlari), xalq isteʼmoli mollari, hunarmandchilik, uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik xususiy korxonalar, 69 ta umumiy o‘rta taʼlim maktabi, mehmonxona, kutubxonalar, xalq teatri, kasalxona, tugʻruqxona va boshqa bor."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Bulungʻur tumani Turkum:Samarqand viloyati aholi punktlari