Bronxopnevmoniya – oʻpka yalligʻlanishining bir shaklidir. Bronxopnevmoniya mayda bronxlarda boshlangan yalligʻlanish jarayonining oʻpka toʻqimalariga tarqalishi bilan kechadi (qarang zotiljam).

Bronxopnevmoniya – bu zotiljamning kichik turidir. Bu bronxlarning oʻtkir yalligʻlanishi boʻlib, oʻpkaning yaqin joylashgan boʻlaklarida yalligʻlanishlar bilan kechadi citing: Webster’s New World College Dictionary, Fifth Edition, Copyright 2014.

Bronxopnevmoniya koʻpincha lobar pnevmoniyaga oʻxshab ketadi. Klinik amaliyotda bronxopnevmoniya va lobar pnevmoniya turlarni ajratish qiyin, chunki ularning belgilari odatda bir-biriga oʻxshab ketadi Topic Completed: 1 August 2011. Bronxopnevmoniya (lobular) koʻpincha infeksiya rivojlanib borgan sari lobar pnevmoniyaga aylanadi. Xuddi shu organizm bir bemorda pnevmoniyaning bir turini, boshqa bemorda esa boshqa turini keltirib chiqarishi mumkin.

Sabablari Bronxopnevmoniya lobar pnevmoniyadan farqlanib, koʻpincha jamoat orasida yuqtiriladigan pnevmoniyaga emas, balki kasalxonada orttiriladigan pnevmoniya hisoblanadi.

Bronxopnevmoniyaning streptococcus pneumoniae bilan aloqadorlik ehtimoli lobar pnevmoniyaga qaraganda kamroq. Aksincha, bronxopnevmoniya asosan quyidagi: staphylococcus aureus, klebsiella, escherichia coli va pseudomonaslar bilan bogʻliqligi yuqoridir.

Patologiyasi

Bronxopnevmoniya baʼzan oʻlimdan keyin, autopsiya paytida ham aniqlanishi mumkin.

Umumiy patologiyada odatda odam oʻpkasining bazal boʻlaklarida bir nechta konsolidatsiya oʻchoqlari mavjud, ular koʻpincha ikki tomonlama boʻladi. Bu zararlanishlar diametri 2-4 sm, kulrang-sariq, quruq, koʻpincha bronxiolada joylashgan, yaxshi ajratilmagan boʻladi. Ayniqsa bolalarda bir-biriga qoʻshilish xususiyatiga ega.

Yorugʻlik mikroskopiyasi odatda bronxlar, bronxiolalar va qoʻshni alveolyar boʻshliqlaridagi neytrofillarni koʻrsatadi.

Davolash

Pnevmoniya bilan taqqoslaganda, bronxopnevmoniya shakli va kasalxonada orttiriladigan pnevmoniya oʻrtasidagi bogʻliqlik antibiotiklarni tanlashda koʻp dorilarga chidamlilikni koʻproq hisobga olishni talab qiladi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Tibbiyot Turkum:Pulmonologiya Turkum:Pnevmoniya