Iosif Aleksandrovich Brodskiy (24-may 1940, Leningrad – 28-yanvar 1996, New York shahri) – rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. 1962—1964 yillarda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo Anna Axmatova, Samuil Marshak, Dmitriy Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼy-harakati bilan 1965-yil surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-yilda Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-yildan AQShda yashagan. „Sahrodagi bekat“ (1967), „Kurkam davr intihosi“ (1972), „Uraniya“ (1987), „Oʻgit“ (1990) va boshqa sheʼriy tuplamlari xorijda nashr etilgan. Bu toʻplamlarda yolgʻizlangan kishi bilan bir kam dunyo Oʻrtasidagi ziddiyatlar kinoyaviykutarinki uslubda aks ettirilgan. Brodskiy sheʼriyatidagi voqelikni uziga xos benazir tarzda idrok va tasvir etish, antik davr sheʼriyatidagi badiiy shakllardan samarali foydalanish – shoir novatorligining mohiyatini tashkil etadi. Brodskiyning ingliz va qisman rus tillarida eʼlon qilgan sheʼr, pyesa va publitsistik maqolalari Gʻarb adabiyoti hodisasi sifatida maydonga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1987)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Tashqi havolalar

Jozef Brodskiy sheʼriyati 'Jannat qushlari egiluvchan shoxga muhtoj boʻlmasdan kuylaydi': Jozef Brodskiy va surgun poetikasi Kordit sheʼriy sharhi 1996-yil 19 fevral „Shoir mukofoti sovrindorining oʻlimi: Iosif Brodskiy surgunni ilhomga aylantirdi“ Kongress kutubxonasi, nekroloq. Intervyu, 1996-yil 29 yanvar PBS (AQSh) Profil, sheʼrlar va audio fayllar Amerika Shoirlar Akademiyasi dan. Brodskiy biografiyasi va bibliografiyasi, Poetry Foundation (AQSh)

Toshga yozilgan – Adabiyot arboblarining dafn etilgan joylari. Jozef Brodskiyning hujjatlari. Beinecke nodir kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasi, Yel universiteti Brodskiy oʻz hayoti haqida gapiradi, Frensis Xorovitz tarjimasi bilan – Britaniya kutubxonasi ovozli yozuvi Jozef Brodskiyning Xolyok togʻi kollejidagi kolleksiyasi Jozef Brodskiy toʻplami manzilida Stuart A. Rose qoʻlyozmasi, arxivlar va nodir kitoblar kutubxonasi, Emori Universitet]

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:24-mayda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:28-yanvarda vafot etganlar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari