Bogʻchasaroy (, , ) — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmogʻi) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yoʻli (shossesi) yonida. Bogʻchasaroy stansiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Bogʻchasaroyda efir moylari, vino ishlab chiqarish, meva sharbatlari, konserva, sut zavodlari, maishiy xizmat kombinati bor. Bogʻchasaroyga asos solingan yil - 1532-yil. 1783-yilgacha Qrim xonligining poytaxti boʻlgan. 1783-yil Qrim tarkibida Rossiya bosib olgan. Bogʻchasaroy Aleksandr Pushkin va Adam Mitskevich asarlarida kuylangan, XVI—XVIII asrlarda turk meʼmorligi asosida qurilgan xon saroyi hamda "Koʻz yoshi" fontani saqlanib qolgan. Shahar yaqinida Chufut Qala gʻor shahri joylashgan.

Manba

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Qrim shaharlari