Bosh Qorakoʻl kollektori — Buxoro viloyatida Amu-Qorakoʻl kanali zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik 1ilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-yilda qurilgan. Bosh Qorakoʻl kollektori tarkibida Yomonjar nasos stansiyasi ham ishlaydi. Bosh Qorakoʻl kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga quyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi 11,4 m³/sek. Bosh Qorakoʻl kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yigʻuvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda"" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati geografiyasi Turkum:Oʻzbekiston suv kanallari Turkum:Oʻzbekiston gidrotexnik inshootlari