Bofort dengizi (; , Iñupiaq: Taġiuq) — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida„“ OʻzME. B-harfi Ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil joylashgan dengiz. Shimoli-gʻarbiy hududda, jumladan Yukon va Alyaskaning shimoliy qismida hamda Kanada Arktika arxipelagidan gʻarbda joylashgan. Dengiz gidrograf ser Frencis Beaufort sharafiga shunday nomlangan. Kanadadagi eng uzun Makkenzi daryosi Tuktoyaktukdan gʻarbroqda joylashgan Bofort dengizining Kanada bilan tutash boʻlgan qismiga borib quyiladi. Bu hudud dengiz qirgʻogʻidagi bir nechta doimiy aholi punktlaridan biri hisoblanadi.

Ogʻir iqlimi bilan ajralib turadigan dengiz yilning asosiy qismida muzlagan holatda boʻladi. Tarixiy jihatdan, ga qadar tor dovon yoʻlidagi muzlar faqatgina avgust-sentyabr oylarida qirgʻoqlari yaqinidagi qismlarigina erigan holatda boʻlgan. Ammo soʻnggi yillarda Arktikadagi iqlim oʻzgarishi tufayli yoz oxirida muzsiz hudud sezilarli darajada kengaygan. Yaqin vaqtgacha Bofort dengizi Arktika dengiz muzini toʻldirish uchun muhim suv ombori vazifasini oʻtab kelgan. Dengiz muzi koʻpincha Bofort dengizining asosiy okean oqimi boʻlgan Bofort Girasida bir necha yil davomida aylanib, mustahkam va qalin koʻp yillik muz hosil qilgan.

Dengiz sohilida taxminan 30 000 yil oldin aholi yashagan degan daʼvolar toʻliq tasdiqlanmagan; hozir bu hududdagi aholi zichligi juda past koʻrsatkichga ega. Dengiz shelfida katta miqdordagi neft va tabiiy gaz zaxiralari mavjudligi aniqlangan, masalan, Amauligak koni shular jumlasidandir. Kon 1950—1980-yillar oraligʻida aniqlangan va oʻsha davrning soʻnggi qismidan boshlab ularni oʻrganish hududdagi insonlarning asosiy mashgʻulotiga aylangan. Anʼanaviy baliqchilik, jumladan, kit va tyulen ovlash faqat mahalliy hududlarda amalga oshiriladi. Mazkur mashgʻulot turi tijorat ahamiyatiga ega emas. Shu sababli dengizga beluga kitlarining katta koloniyalari doimiy tarzda kelib turadi va ularning koʻpayishiga antropogen omili taʼsir qilmaydi. Oʻz dengiz hududida haddan tashqari koʻp miqdorda baliq ovlashning oldini olish maqsadida AQSh 2009-yil avgust oyida ehtiyotkor tijorat baliqchilikni boshqarish rejasini amalga oshirdiArctic Fishery Management Plan.. 2011-yil aprel oyida Kanada hukumati Inuvialuit bilan okeanlarni boshqarish boʻyicha katta rejani ishlab chiqishda birinchi qadam sifatida oʻzaro kelishuv memorandumini imzoladi„Beaufort Sea Commercial Fishing Banned“ (CBC News, 15 April 2011).. Kanada hukumati 2014-yil oktyabr oyida Bofort dengizida hech qanday yangi turdagi tijorat baliq ovlash ishlari, toki Inuvialuitga barqaror zaxiralar holatini koʻrsatmaguncha amalga oshirilmasligini eʼlon qildi„No new fisheries in the Arctic following federal ban“.

Kanada hukumati Bofort dengizining qirgʻoqlarini „dengizdagi qoʻriqlanadigan hududlar“ (MPA) deb belgilagan. MPA Amundsen koʻrfazidagi Parry yarim orolini oʻrab olgan hamda Tarium Niryutait MPA qismi Makkenzi daryosi deltasi va estuariyasi hududida joylashgan. Himoya qilinadigan hududlar Inuvialuit jamoasi uchun jonivor turlari va yashash joylarini himoya qilish maqsadida ajratib qoʻyilgan. thumb|Bofort dengizida muzning erishi thumb|Bofort dengizidagi dengiz muzining parchalari

Hajmi Xalqaro gidrografiya tashkiloti Bofort dengizining chegaralarini quyidagicha belgilaydi:

Chegara qismlari left|thumb|350x350px|Sharqdagi xanjar shaklidagi hududga Kanada ham, AQSh ham daʼvo qilib keladi Kanadaning Yukon hududi va AQShning Alyaska shtati chegara qirgʻoqlaridan boshlanuvchi Bofort dengizidagi xalqaro chegarada xanjar shaklidagi hudud bilan bogʻliq hal qilinmagan nizo mavjud. Kanada dengiz chegarasi gʻarbidagi 141-meridian boʻylab 370 km gacha boʻlgan Alyaska-Yukon quruqlik chegarasidan biroz uzoqlikdagi maydonni, oʻz hududiga qarashli deya daʼvo qiladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining fikricha esa, chegara chizigʻi qirgʻoqqa 370 km masofada perpendikulyar tushib, qirgʻoqdan teng uzoqlikdagi masofada joylashganSummary of claims, Department of Defense, p. 10. Bu farq taxminan maydonni tashkil etadi, hamda, koʻp yillar davomida mazkur hududga har ikkala davlat daʼvo qilib kelganUS-Canada Arctic border dispute key to maritime riches, BBC News, 2 August 2010.

Kanadaning joylashuvi va AQSh bilan oʻzaro chegaralar Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyasi oʻrtasidagi Sankt-Peterburg shartnomasida (1825) belgilab qoʻyilgan. Kanada ushbu shartnoma boʻyicha Buyuk Britaniyaning vorisi hisoblanib, shartnomada quyidagicha yozilgan:

Kanada hududi ushbu shartnomaga koʻra, quruqlikdan Bofort dengiziga meridian boʻylab choʻzilishi lozimligi taʼkidlanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari esa bu kengaytmani rad etgan va uning oʻrniga teng masofaga asoslangan chegara chizigʻini taʼkidlaydi. Ammo AQShning pozitsiyasi 1867-yilda shunga oʻxshash shartnoma matni va Alyaskani sotish shartnomasi boʻyicha shunga oʻxshash talqinni qabul qilgandagi holat bilan biroz farqli hisoblanadi. AQSh ham, Kanada ham 1958-yildagi kontinental shelf toʻgʻrisidagi konvensiyaga rioya qilishga rozi; ikkala mamlakat ham chegara Xalqaro Sud tomonidan belgilab qoʻyilgan talablarni bajarishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan. AQSh rasmiylarining taʼkidlashicha, „Teng masofa dengiz chegarasini belgilash uchun kerakli tamoyil boʻlib, bu hududda alohida holatlar yuzaga kelmasa va teng masofalilik boʻlganda adolatli chegaralanish amalga oshirilgan boʻladi“. Kanada rasmiylarining fikricha, teng masofalilik prinsipi adolatli chegara boʻlinishiga olib kelmaydi. Yukon qirgʻogʻi botiq, Alyaska yarim oroli esa qavariq tuzilishga ega. Bu esa oʻz navbatida AQShning mazkur hududga nooʻrin egalik qilishi holatining sezilarli darajada kengayganini namoyish etadi. Kanada Milliy Energetika Kengashining maʼlumotlariga koʻraBeaufort Sea Areawide 2006, Tract Map No.8, State of Alaska Department of Natural Resources, Division of oil and gas, „xanjar hududi“ ichida tabiiy zahiralar mavjudligi sababli bu bahs katta ahamiyatga egadir. Jumladan, bu hududda 20 yil davomida mamlakat ichki isteʼmolini qoplaydigan lik gaz va dan ortiq boʻlgan neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan. Shu sababli, Kanada bu chegarada „maxsus holatlar“ qoʻllanishi kerak, deb taʼkidlaydi, AQSh esa buni rad etadi. Bu nizo shu nuqtai nazardan AQSh va Kanada oʻrtasidagi Meyn koʻrfazi boʻyicha tortishuvlarning aksi hamdir, bu holatda AQSh „maxsus holatlar“ va Kanada teng masofa tamoyili uchun bahslashganlar. Oxirgi bahsda ikkala argument ham rad etildi va chegara geografik omillarni hisobga olgan holda geometrik tamoyillar asosida chizilgan. Biroq, AQSh ham, Kanada ham bu masalani tezkor hal etishni yoki Xalqaro Sudda arbitraj talab qilishmagan va ikkalasi ayni paytda dengiz muhitini saqlashga qaratilgan bir qancha tadbirlarda hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda.

2004-yil oxirigacha AQSh suv ostidagi sakkizta yer uchastkasini neftni qidirish va ishlatish uchun ijaraga oldi hamda bu Kanadaning diplomatik noroziligiga sabab boʻldiSea Changes, Institute of the North. 2009-yil 20-avgustda Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo vaziri Gary Locke Alyaska shimolidagi Bofort dengizida, shuningdek, uning atrofidagi bahsli hududlarda baliq ovlash taqiqlanishini eʼlon qilgan. 2010-yil iyul oyida Ottavada AQSh—Kanada muzokaralari boshlandi, keyingi uchrashuv 2011-yilga rejalashtirilgan edi. Hududda qoʻshma geologik tadqiqot boshlangan va bu masala CIA World Factbook tomonidan hal qilingan, deb belgilangan. 2010-yil sentyabriga qadar hech qanday rasmiy hujjat eʼlon qilinmagan.

Tijoriy maqsadda baliq ovlash moratoriysi 2009-yil 20-avgustda Amerika Qoʻshma Shtatlari savdo vaziri Gary Locke Alyaska shimolidagi „Bofort dengizida baliq ovlashga moratoriy“ eʼlon qilgan. Lockening fikri quyidagicha:

Hozir bu suvlarda keng tarqalgan tijoriy baliqchilik mavjud emas.

Moratoriy global isish bu hududa tijoriy maqsadda baliq ovlash uchun ochiq qilinishini kutgan holda joriy etilgan. Moratoriy Kanadada koʻplab munozaralarga sabab boʻldi, chunki AQSh moratoriy eʼlon qilgan mintaqada bahsli suvlarning katta xanjar shaklidagi hududi mavjud edi. Canada.com saytida Randy Boswellning yozishicha, bahsli hudud Bofort dengizining maydonni egallagan. Uning aytishiga koʻra, Kanada aprel oyida AQSh moratoriy rejasini birinchi marta eʼlon qilganida, AQShga „diplomatik yozishma“ topshirgan. Kanadaning Yangi Demokratik partiyasi rahbari Jack Layton AQShning Bofort dengizidagi bahsli suvlarga moratoriy qoʻyishini „tariximizdagi Kanada hududiga qilingan eng yirik tajovuz“ deb ataganCanada, U. S. flip-flop positions in Beaufort Sea boundary dispute, Canada.com, March 8, 2010.

Geografiyasi thumb|Bofort dengizi hududining topografiyasi. Alyaskadagi Kongakut daryosi va Yukondagi Firth daryosi kabi bir qancha daryolar Bofort dengiziga quyiladi. Dengizga suvi quyiladigan asosiy daryo Kanadadagi eng uzun Makkenzi daryosi boʻlib, dengizning Kanada hududidagi qismiga, Tuktoyaktukdan gʻarbroqda quyiladi. Sohil boʻyidagi shelf maydoni ancha tor, ayniqsa dengizning Alyaska qismidagi Point Barrow choʻqqisi yaqinida va sharqiy hududidagi koʻplab suv osti vodiylarini oʻz ichiga oladi. U Makkenzi daryosining deltasi yaqiniga borgan sari kengayib boradi, lekin uning kengligi dan oshmaydi. Sohil yaqinida chuqurliklar dan pastroq, lekin ular shimolga qadar bir necha kilometrgacha ortib boradi, hamda geologik jihatdan okeanlarnikiga oʻxshash ulkan platformaga aylanadi. Dengizda va Makkenzi daryosining deltasida koʻplab kichik orollar mavjud. Bir necha yirik orolchalar Makkenzi daryosining gʻarbiy qismida joylashgan, masalan Herschel oroli (qirgʻoqdan uzoqlikda boʻlib, maydonga ega) va Barter oroli (qirgʻoqdan uzoqlikda, maydonga ega) shular jumlasidandir. Sohillari past, maksimal balandligi gacha yetadi. Tuproq butun yil davomida taxminan dan past boʻlgan chuqurlikda muzlaydi yoki undan yuzaroq qismlarda abadiy muzloq yerlarni hosil qiladi. Yozda bu hududlarning faqatgina bir necha oʻn santimetr qismigina eriydi. Binobarin, bu yerda binolarni abadiy muzlikka botgan yogʻoch qoziqlar ustida, yerdan ancha yuqoriroqda bunyod etish kerak. left|thumb|Makkenzi daryosining Bofort dengiziga quyilish qismi

Gidrologiyasi va iqlimi thumb|Alyaskaning shimoliy sohilidagi Bofort dengizida dengiz muz bosimi tizmalari (1949-yil bahori). Bofort dengizi yil davomida muzlagan holatda boʻladi, avgust va sentyabr oylari bundan mustasno. Bir vaqtlar qirgʻoq yaqinidagi muz qatlami parchalanib, suvning kenglik chizigʻi gacha ochilib qolgan. 2000-yillarda, Arktikadagi iqlim oʻzgarishi sababli, yoz oxirida muzsiz hudud sezilarli darajada kengaygan. 2012-yil sentyabr oyida Arktika dengiz muzining rekord darajadagi erishi kuzatilgan. Bunda muz erishi chegarasi shimolga tomon juda katta hududga siljigan.

Makkenzi daryosidagi muzlar ertaroq, may oyining oxiri — iyun oyining boshlarida eriydi. Ushbu erish oʻrtacha suv oqimini taxminan ga qadar oshiradi.

Bofort dengizining muz qatlamidagi yashirin oʻzgarishlar 2009-yilda aniqlangan. Kuzatuv sunʼiy yoʻldoshlari maʼlumotlariga koʻra, muz maydoni barqaror boʻlib qolsa-da, bu suvning harorati va shoʻrlanishiga taʼsir koʻrsatmoqda, muzning tuzilishi yaqin vaqt oraligʻida oʻzgarganligi aniqlangan. Chirigan muz deb ataladigan yangi muz qatlami nozikroq va strukturaviy jihatdan ancha zaifdirIce Is 'Rottenʼ in the Beaufort Sea, ScienceDaily, 23 January 2010.

Dengiz suvi barqaror haroratga ega va quyidagi tarzda toʻrtta alohida qatlamga boʻlinadi. Eng yuqori qatlam, dengiz sathidan balandlikda boʻlib, yozda va qishda haroratga ega boʻlgan yer usti suvlari qatlami hisoblanadi. Keyingi qatlam Tinch okeani va Bering dengizidan Bering boʻgʻozi orqali keladigan oqimlardan hosil boʻladi, u Shimoliy qutbga qadar choʻzilgan. Atlantikaning eng issiq, chuqur qatlami 0 dan 1 °C (32 dan 34 °F) gacha haroratga ega boʻlsa, pastki qismidagi suv nisbatan sovuqroq −0,4 dan −0,8 °C (31,3 dan 30,6 °F) gacha boʻlgan harorat namoyish etadi. Oʻrtacha shoʻrlanish janubdan shimolga qarab 28‰ va 32‰ orasida oʻzgarib turadi. Odatda havo harorati (Tuktoyaktukda) yanvarda va iyulda ni tashkil etadi.