thumb Kulash Bayseitova (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) - Olmaota - 1957-yil, 6-iyun) — qozoq opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida taʼlim olgan. Qozoq drama teatri (1930-1934), Musiqali teatr (1934-1937), Qozoq opera va balet teatrida (1937-yildan) ishlagan. Kizjibek ("Qizjibek"), Xadicha ("Jalbir"), Akjunus ("Er Targin"), Ajar ("Abay"), Sora ("Birjon va Sora") va boshqa partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi boʻlib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, "Yevgeniy Onegin", Chiochiosan, "Madam Baterflyay") yaratgan.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:1957-yilda vafot etganlar Turkum:Sovet aktrisalari Turkum:SSSR xalq artistlari