BABA (Bxabxa) (Bhabha) Xomi Jahongir (1909-yil 30-oktabr – 1966-yil 24-yanvar) – hind fizigi va jamoat arbobi. Trombey atom markazi tashkilotchisi va birinchi direktori (1957, hozir BABA nomida). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasiga, kosmik nurlar, elementar zarralar fizikasiga oid.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil