Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 1985-yilda 28-aprel Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta maxsus. Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza). Shahrizoda 1992-yilda Qoʻqon shahridagi 21-oʻrta maktabining 1-sinfiga oʻqishga borib, 2001-yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2001-yilda Toshkent shahridagi „Benkov“ nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga oʻqishga kirib 2004-yilda dizaynerlik diplomini qoʻlga kiritdi. Oʻqishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006-yildan buyon yakkaxon tarzda oʻz ijodini boshlagan. Bobosi — Oʻzbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush oʻrtogʻi, yaʼni buvisi Kanizaxonni ismlarini oʻziga taxallus qilib olgan.
28-aprel kunida ushbu kunda goʻzal va latofatli, lobar qiz Kaniza dunyoga kelgan. Kanizaning asl ismi Ahmedova Shahrizodadir. 2008-yil chin maʼnoda xonanda Kaniza uchun ham juda omadli keldi deb toʻla ishonch bilan ayta olamiz. Kaniza tomonidan yaratilgan bir necha xit qoʻshiqlar xalqimiz orasida ommalashdi. Shuningdek Kaniza „Nihol“ mukofoti sovrindori va Otabek Mutalxoʻjayevning bir nechta kliplarida suratga tushdi. Bu hali hammasi emas, undan tashqari xonanda Kaniza oʻzini kino olamida ham sinab koʻrdi. Muxlislari uning bu ikki taraflama qobiliyatiga yuksak baho berishdi. Beqiyos husnga boy boʻlgan ushbu xonandaga ham oʻzimizning iliq tilaklarimizni tilaymiz.
Otasi — Ahmedov Farhod Murataliyevich 1948-yilda Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, hozirgi kunda hususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.
Onasi — Hakimova Hafizaxon 1953-yilda Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, hozirgi kunda Qoʻqon shahridagi „Hafiza“ maʼsuliyati cheklangan jamiyatining direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
Sanʼat yoʻlidagi faoliyatini 2006-yilda „Janona“ guruhidan boshlagan. 2007-yildan hozirgi kunga qadar bobosi Murodjon Ahmedovning turmush oʻrtogʻi, yaʼni buvisi Kanizaxonning ismlarini oʻziga tahallus qilib yakkaxon tarzda oʻz ijodini davom ettirib kelmoqda.
Kaniza — forscha ism boʻlib, jasur, dovyurak, shaddod qiz maʼnosini anglatadi.
2007-yildan buyon Oʻzbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlangʻich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh isteʼdodlar uchun taʼsis etilgan „Nihol“ mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari oʻzini aktrisa sifati sinab, „Sehrli uzuk“ musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etganYulduzlar biografiyasi. [email protected]
Filmografiya Filmlar Yil Film nomi Rol 2007 Sehrli uzuk Farangiz 2014 Yolgʻon dunyo 2015 Tanlovga yoʻl yoxud bolajonlar vaʼdasi Kaniza 2016 Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak Kaniza 2017 Qaytar dunyo
+ Televideniye Yil Serial nomi Rol Izoh2017 Qizlarim qirmizlarim
Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2007 Otabek Mutalxoʻjayev „Noz-noz“ Kaniza 2007 Otabek Mutalxoʻjayev „Xazon“ Kaniza 2008 Otabek Mutalxoʻjayev „Netayin“ Kaniza 2015 Otabek Mutalxoʻjayev „Yulduz“ 2015 Otabek Mutalxoʻjayev „Qaley–qaley“ Kaniza
Kliplari Hoji aka Sen 2007 Ketaman Hiylalarim Mehribonim 2009 Goʻzal Lilla (Luiza Rasulova bilan) Oʻylamang Hammasi Jonim sen Olib ketgin Oq va qora (rej. Ice TIM) Vaʼda bergin (Doston Ubaydullayev bilan) (2010) Farzand nolasi 2016 (rej. Bekzod Gʻulomov) Malina 2017 (rej. Alisher Uzoqov)
Qoʻshiqlari Yana Sevganingman Jurnalistlar (Gitara) Jurnalistlar Top-top Aylonaman Koʻrgim kelar (Nasiba Abdullayeva bilan) Ay-yay-yay Oyijon Jonim sen Lyubi menya His et (remix) His et Vaʼda bergin (Doston Ubaydullayev bilan) Mehribonim Olib ketgin Bebahoman Dunyo Yonaman Xotira Yor-yor Shaqillama 2 Mani yorim Hammasigayam
Manbalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar