Atbara (arab.– Bahr-al-Asvod) – Sudan va Efiopiyadagi daryo, Nilning oʻng irmogʻi. Uzunligi 1120 km. Efiopiya togʻligining shimoliy chekkasidan boshlanadi. Asosan Sudan platosidan oqadi. Suv sarfi oʻzgarib turadi (700 m³/sek dan 2200 m³/sek gacha), quyi qismida qurgʻoqchil davrlarda butunlay qurib qoladi. Yogʻingarchilik paytlarida (iyun-sentabr) daryoda suv koʻpayib, kemalar qatnaydi. Nilga quyilish joyida Atbara shahri bor. GES qurilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Sudandagi daryolar Turkum:Efiopiyadagi daryolar