Bordo (fransuzcha: Bordeaux) — Fransiyaning Yangi Akvitaniya mintaqasida joylashgan kommuna. Gironde departamenti Bordeaux tumani tarkibiga kiradi.
Aholisi
Fransiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jironda departamentining maʼmuriy markazi, Giyen va Gaskon tarixiy viloyatining bosh shahri. Garonna daryosi boʻyida, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yaqinida. Aholisi 208 ming kishi (1990). Mamlakatning sanoat markazlaridan, transport yoʻllari tuguni. Dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yuk ortib tushirish yiliga 10 mln. t). B. orqali chetdan neft, kumir, fosfat, oziq-ovqat va boshqa mollar keltiriladi; chetga vinoaraq, neft mahsulotlari, yogʻochtaxta, gazmol chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kemasozlik, aviasozlik, mashinasozlik, kimyo zavodlari, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. B. da koʻplab vino tayyorlanadi va sotiladi. Shaharda universitet (1441-yildan), bir qancha muzey va teatrlar bor. Fransiyaning eng qad. shaharlaridan. Markaziy maydonlari XVIII asr da qurilgan. Tarixiy binolardan sobor (12— XIV asr lar) va Katta teatr (1773—80) saqlangan.
229.900 nafar aholi istiqomat qiladi (2005). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4363 nafar kishi.
Geografiyasi Maydoni — 49,36 km2. Dengiz sathidan 1-42 (gem: 6) m balandlikda joylashgan.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar www.bordeaux.fr
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Gironde shaharlari