Texas (; ) – AQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 (268 820 kvadrat milya) boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi.

Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti – Ostin, maʼmuriy boʻlinuvi – okruglar (254). Shtatning pochta qisqartmasi – TX.

Shtat haqida Ispaniyaning mustamlaka siyosati vaqtida shtat () nomi bilan taniqli boʻldi. Bu nomdan birinchi foydalangan kishi Antonio Margil de Jesús boʻlib, u 1716-yili 20-iyulda Meksika vitse-qiroliga xat yozganida shu nomni ishlatadi. Bu nom kundalikda koʻp foydalanishda boʻlmasada, 1800-yillarning oxirlarida rasmiy hujjatlarda koʻp uchrab turadi.

Texasning eng katta shahri – Houston (AQShda toʻrtinchi eng katta); ikkinchi oʻrinda esa San Antonio (mamlakatda yettinchi eng katta). Boshqa katta shaharlari sirasiga Dallas, Fort Worth, El Paso va shtat poytaxti Austin kiradi. Texas laqabi Yolgʻiz Yulduz shtati boʻlib, bu uning sobiq mustaqil davlat boʻlganini va Meksikadan mustaqil boʻlish uchun kurashganini eslatib turadi. „Yolgʻiz Yulduz“ni Texas bayrogʻi va gerbida koʻrish mumkin.

Geografiyasi Hududiy va geologik oʻzgachaliklariga qarab Texasda mamlakatning janubidagi va gʻarbiy-janubidagi yerlarga oʻxshash har turli landshaftlar uchraydiSansom, Andrew: Water in Texas: An Introduction, University of Texas Press, 2008, pg. 25. Texas koʻpincha janubi-gʻarbiy qumli choʻllar bilan bogʻlangan boʻlib, shtat umumiy hududining 10 % dan kamroq qismini qumliklar egallaydiDingus, Anne: The dictionary of Texas misinformation, Gulf Publishing Company, 1987. Shtat boʻylab sharqdan gʻarbga tomon sayohat qilinsa, sohildagi botqoqlar va qayragʻochli oʻrmonlardan, tekisliklardan, choʻqqilardan va oxirida Big Bend choʻllari va togʻlaridan tashkil topgan landshaftlarni uchratish mumkin.

200px|right|thumb|Gvadalupe togʻlari Texas 268 820 mil2 (696 200 km2) hududi bilan AQShdagi Alaskadan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi. U hududi boʻyicha Fransiyadan 10 % kattaroq boʻlsa, Germaniya yoki Yaponiya kabi mamlakatlardan esa, ikki barobar katta. Agar Texas mamlakat boʻlganida, Chili va Zambiyadan keyin 40-oʻrinda turar edi.

200px|left|thumb|Hill oʻlkasi Texas AQShning janubiy markazida joylashgan. Shtatning uchta chegarasi daryolar bilan tutashgan. Rio-Grand janubda Meksikaning Chiuaua, Koauila, Nuevo-Leon va Tmaulipas shtatlari bilan chegaradosh. Qizil daryosi esa shimolda Oklaxoma va Arkanzas bilan chegaradosh. Sabin daryosi esa sharqda Luiziana shtati bilan chegaradosh.

Texasda 3700 nomlangan soy va 15 ta katta daryo bor. Shu daryolarning eng kattasi Rio-Grand. Boshqa Pekos, Brezos, Kolorado va Rev-Riverga oʻxshash daryolar esa Oklaxoma bilan chegarada joylashgan. Texasda tabiiy koʻllar boʻlganligi bilan texasliklar 100 dan ziyod sunʼiy suv saqlagichlar tashkil etgan.

Geologiya right|thumb|Llano Estakodaning relef xaritasi left|thumb|Palo Duro kanoni Texasdagi eng qadimiy togʻ jinslari mezoproterozoydan boshlanib, yoshi 1,6 milliard yil atrofidadir. Koʻplab eski togʻlar choʻkindi togʻ jinslaridan iborat.

Iqlimi Texas katta hudud boʻlganligi va koʻp zonalarning chorrahasida joylashganligi uchun iqlimi subtropik. Mamlakatning Panxendl qismida Shimoliy Texasga qaraganda qish oylari sovuqroq boʻladi, boʻgʻoz yoqalarida esa qish oylari iliq boʻladi. Shtat gʻarbiy qismi El Pasoda yillik yogʻingarchilikning miqdori 8 dyuymni (200 mm) tashkil qilsa, shimoli-sharqiy qismi sanalmish Xyustonda esa yillik yogʻingarchilikning miqdori 54 dyuymni (1400 mm) tashkil qiladi. Shimoli-markaziy hududi Dallasda yillik yogʻingarchilikning miqdori – 37 dyuym (940 mm).

Qor yiliga Texasning gʻarbiy tomonidagi Panxendl va togʻli hududlarda koʻp yogʻsa, Shimoliy Texasda yiliga bir necha marta, Markaziy va Sharqiy Texasda esa bir necha yilda bir marotaba yogʻadi. Ayrim sharoitlardan tashqari San-Antonioning janubida va qirgʻoqlarda qor siyrak yogʻadi. 2004-yili Yangi yil arafasida boʻron boʻlganda Kingsvillning janubiga qor yoqqanda, dekabrning oʻrtacha harorati – 65 °C ni tashkil qildi. Maksimal harorat yoz oylarida oʻrtacha hisob bilan Gʻarbiy Texas togʻlarida 80 °F(26 °C) boʻlsa, Rio Grand dala-dashtidagi Galveston orolida 100 °F (38 °C) gacha koʻtariladi. Biroq Texasning koʻpchilik hududlarida doimiy yozgi yuqori harorat 90 °F (32 °C) diapazonida boʻladi. Tunda yozgi harorat 50 °F (14 °C)-dan (Gʻarbiy Texas togʻlarida) 80 °F(26 °C)-gacha (Galvestonda) boʻladi.

Yashin Texasda onda-sonda boʻlib turadi, ayniqsa, sharqiy va shimoliy qismida. Shtatning shimoliy tumanlarini Tornado yuvib ketadi. AQShdagi Tornadolarning asosiy qismi shu Texas hududida boʻlib, u yiliga oʻrta hisob bilan 139 marta sodir boʻladi. Ular koʻpincha Texasning shimoliy qismida va Panxendlda koʻproq vujudga keladiNOOA.gov National Climatic Data Center. Retrieved on 24-oktabr 2006-yil.. Tornado asosan shtatda aprel, may va iyun oylarida sodir boʻladi Accessed 2008-07-22.

300px|left|thumb|1915-yildagi Galvestondagi toʻfonning zarari

Amerika tarixidagi eng kuchli qiyratuvchi toʻfonlarning bir nechasi shu Texasda roʻy bergan. 1875-yill Indianoledagi toʻfon 400 kishining hayotiga zomin boʻlgan boʻlsa, 1886-yildagi toʻfon esa butun bir shaharni xonavayron qildi. Bu voqealar Galvestonga asosiy port shahar boʻlishiga imkoniyat yaratdi. 1900-yildagi Galveston toʻfoni bir shaharni tozalab taxminan 8000 kishi hayotdan bevaqt koʻz yumdilar. AQSh tarixidagi eng yirik oʻlim ofati boʻlib yodda qoldi. Texasdagi boshqa toʻfonlar ham 1915-yili Galveston toʻfoni, 1957-yili 600-dan ziyod kishi vafot etgan Oʻdri toʻfoni, 1961-yili Karla toʻfoni, 1967-yili Beula toʻfoni, 1983-yili Alasiya toʻfoni, 2005-yili Rita toʻfoni va 2008-yili Ikonoskop toʻfonlari sodir boʻlgan.

Texas AQShda koʻplagan parnikda yetishtiriladigan gazlarni ishlab chiqaradi. Shtat yiliga 1.5 trillion funt (680 milliard kg) Uglerod oksid gazini chiqaradi. Mustaqil davlat sifatida Texas jahon boʻyicha parnikda yetishtiriladigan gaz koʻlami boʻyicha yettinchi oʻrinni egallagan boʻlardi. Mamlakat shunday gaz chiqarishining sababi koʻmir elektrostansiyalarining koʻpligidan va tozalovchi, ishlab chiqarish sanoat korxonalarining koʻp boʻlishidan boʻlib hisoblanadi.

Tarixi „Texasdagi olti bayroq“ nomi shtat hududida hukmronlik qilgan xalqlarni bildiradi. Ispaniya Texas hududida hukmronlik qilgan ilk Yevropa davlatidir. Fransiya Texasda qisqa muddat mustamlaka siyosatini olib boradi. Meksika esa bu oʻlkani 1836-yilgacha, ya'ni Texas Respublika sifatida mustaqillik olgunicha oʻz nazoratida ushlaydi. 1845-yili shtat AQShga 28-shtat sifatida qoʻshiladi. Mamlakat anneksiyasi 1846-yili Meksika-Amerika urushining boshlanishiga sababchi boʻldi. 1861-yili Texas AQSh tarkibidan chiqib, Amerikadagi Ozodlik urush vaqtida Amerika shtatlari Konfederatsiyasiga kirishini maʼlum qildi. Urushdan soʻng Ittifoq tashkil topguniga qadar, shtat uzoq vaqt iqtisodiy inqirozni boshidan kechirdi.

Fuqarolar urushidan soʻng Texasda rivojlangan yagona sanoat – mol chorvachiligi edi. Shtat koʻp yillar davomida chorvachilikning markazi boʻlganligi uchun, Texasni koʻpincha kovboy bilan bogʻlashadi.

Yevropagacha boʻlgan vaqt Texas Shimoliy Amerikada Kolumbgacha ikkita yirik madaniyat oʻrtasida boʻldi: ular janubi-gʻarbiy va tekis hududlar. Arxeologlar shu hududlarda uchta yirik mahalliy madaniyatning boʻlganligidan va ular Yevropa bilan aloqalargacha yuqori darajada rivojlanganligini aniqlagan. UlarRichardson (2005), p. 9: Pueblo Rio Grandning yuqori qismidagi hudud boʻlib, Texasning gʻarbida joylashgan; Missisipi madaniyati, Oba qurulishchilari deb ham ataladi. U Texasning sharqiy qismidagi Missisipi daryosining yoqasida joylashgan. Texas janubida Mezoamerika sivilizatsiyasi joylashgan. Teotiuakaning taʼsiri Shimoliy Meksikaga 500 yilda oʻz choʻqqisiga yetib, faqat 8-10 asrlardagina bosildi.

Hozirgi vaqtda Texas hududida hech bir madaniyat bosimi boʻlmaganligi uchun, koʻplagan kishilar shu shtatga koʻchib kelib yashayapdilarRichardson (2005), p. 9. Texasda hayot kechirgan amerikalik qabilalarga Alabama, Apache, Atakapan, Biday, Kaddo, Koaviltekter, Komanchi, Chokto, Koasati, Xasinay, Xumano, Karankava, kikapu, Kiova, Tonkava va Uichitolar kiradi.Richardson (2005), pp 10-16.

Texas soʻzi Xasinay qabilasining Kaddo tilidagi "táyshaʔ" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „doʻstlar“ va „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadiRichardson, p 1Wallace Chafe, p.c.. Amerikalik qabilalar yangidan koʻchib keluvchilarga doʻst sifatida aloqada boʻlib, harbiylarga esa, shtatga kelgan Yevropalik tadqiqotchilar bilan koʻchib keluvchilar qismatiga qarshi boʻldiRichardson, p 10. Tinch qabilalar yangidan kelganlarga mahalliy madaniyatni, ovqat tayyorlashni va ovchilikni oʻrgatdi. Harbiy qabilalar esa, oʻzlarining hujumlari va qarama-qarshiliklari bilan Yevropaliklarning hayotini oʻta mushkul va oʻta xavfli holga tushirdiRupert N. Richardson, Adrian Anderson, Cary D. Wintz & Ernest Wallace, Texas: the Lone Star State, 9th edition, New Jersey: Prentice Hall, 0131835505, pp.10-16.

Mustamlaka siyosati 300px|left|thumb|Texas hududida hukmdorlik qilgan davlatlarning bayroqlari Texasga bogʻliq eng birinchi tarixiy hujjat Meksika boʻgʻozi yoqasining xaritasi boʻlib, u xarita 1519-yili Ispaniya tadqiqotchisi Alonso Alvares de Pinada tomonidan ishlanganChipman (1992), p. 243.Weber (1992), p. 34.. Toʻqqiz yildan soʻng kemada falokatga uchragan ispan tadqiqotchisi Alvar Nunes Kabesa de Vaka va uning sherigi shtatga ilk bor qadam ranjida qilgan yevropaliklardan boʻldi. Yevropa kuchlari 1685-yili shunchaki shtatga kelib qolmaganida Texasni egallamagan boʻlardi. Rene Robero Kavele de la Salening xato hisoblashining sababidan u mustamlakani Missisipi hududida emas, Matagorda boʻgʻozidagi Sent-Lyuis fortida oʻrnatdiWeber (1992), p. 149. Mustamlaka siyosati qiyin sharoitdan va mahalliy aholining qoʻlidan oʻlgunicha toʻrt yil davom etdiChipman (1992), p. 83.

1690-yili Fransiyaning Sharqiy Texasda bir nechta missiyalar bajarishi orqali raqobatga tushishi Ispaniyaga xatar soldi.Chipman (1992), p. 89. After Native American resistance, the Spanish missionaries returned to Mexico.Weber (1992), p. 155. Amerikalik indeyslarning qarshiligidan soʻng, ispanliyaliklar Meksikaga qaytishga majbur boʻldi. Fransiya Luiziana shtatining koʻpchilik janubiy qismiga koʻchib kelganda, 1716-yili Ispaniya hukumati Sharqiy Texasda yangi missiyalar bajarishi bilan Fransiyaga javob qaytardi.Chipman (1992), pp. 111-112.Weber (1992), p. 160. Ikki yildan soʻng birinchi ispan fuqarosi koʻchishi natijasida San-Antonioga asos soldi.Weber (1992), p. 163.

300px|right|thumb|1718-yilgi Texas xaritasi 1749-yili Lipan apachilari bilanWeber (1992), p. 193. muomalaga kelgan Ispaniya koʻpchilik qabilalar: Komanchi, Tonkava, Xasinaylarning gʻazabiga tegdi.Weber (1992), p. 189. 1785-yili Komanchi Ispaniya bilan kelishuv shartnomasiga qoʻl qoʻyib, Lipan apachilari vaWeddle (1995), p. 163. Karankava qabilalarining gʻalaba qozonishiga yordamlashdi.Weddle (1995), p. 164.Chipman (1992), p. 200. Koʻplab missiyalar va din xizmatkorlari yaxshi oʻzgarishlarga olib keldi. XVIII asrning oxirlarida ayrim qabilalargina xristian dinini qabul qilmadi.Chipman (1992), p. 202.