Cleveland — AQShning Ohio shtatida joylashgan shahar. Cuyahoga okrugi tarkibiga kiradi. Ogayo shtatida, Eri koʻlining janubi sohilida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shahar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago shaharlari bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1826), ilmiy tadqiqot markazlari, muzeylar, teatrlar bor. K.ga 1796-yilda asos solinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Aholisi 393,806(US:47th) nafar aholi istiqomat qiladi (2011)Census 2000 PHC-T-5. Ranking Tables for Incorporated Places of 100,000 or More: 1990 and 2000 Table 2. Incorporated Places of 100,000 or More, Ranked by Population: 2000 Source: U.S. Census Bureau (Internet Release date: 2-aprel 2001-yil).
Geografiyasi Maydoni — 213,4 km2. Shundan 200,9 km2 quruqlik, 12,5 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 199 m balandlikda joylashgan. thumb|left|250px|Cleveland manzarasi.
Manbalar
Havolalar www.city.cleveland.oh.us
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Ohio shaharlari