Alisher Uzoqov (25-avgust 1984-yilda tugʻilgan) – oʻzbek film aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi Uzoqov 2009-yil olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozonadi. Undan keyingi yillarda aktyor bir necha kinokomediyada rol ijro etdi. Uzoqov faoliyati davomida bir necha qoʻshiqlar ham kuylagan.

Uzoqov oʻzini rejissor sifatida ham sinab koʻrdi. U hozirgacha uch filmga, yaʼni „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Endi dadam boʻydoq?“ (2012) hamda „Kuzda gullagan daraxt“ (2015) filmlariga rejissorlik qildi. 2013-yil aktyor filmlarda boshqa rol ijro etmasligini eʼlon qildi, lekin undan keyingi yillarda bir necha filmda rol oʻynadi.

Alisher Uzoqov 2012-yildan beri Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi „Istiqlol“ futbol klubida oʻynab keladi. 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Hayoti Alisher Uzoqov 1984-yil 25-avgustda Toshkentda tugʻilgan. Uzoqov taniqli mumtoz qoʻshiqchi Maʼmurjon Uzoqovning nevarasidir. Otasi Muhammadjon Uzoqov aktyor va qoʻshiqchidir. Onasi Shohida Uzoqova ham aktrisa boʻlib, oʻgʻli bilan bir necha filmda, jumladan, „Soʻnggi lahza“ (2009), „Tundan tonggacha“ (2009), „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Uchrashuv“ (2011), „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ (2012) hamda „Tundan tonggacha davom etadi…“ (2012) filmlarida birga rol ijro etgan. Uzoqov oilali boʻlib, bir oʻgʻli va bir qizi bor. 2026-yil 28-mayda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Filmografiyasi Aktyor + Film Yil Film Rol Izoh1984 Kunda Goʻdak Videofilm2003 Velikan Qisqametrajli film2006 Seni sevdim Akrom Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi Ovoz bergan xolos2007 Faqat gʻalaba Maktab oʻquvchisi Kechir Ovoz bergan xolos2008 Kichkina odamlar Gʻozivoy Telba Moʻmin2009 Janob hech kim Alisher Keragimsan Davron Kirakash Bobur Qalbaki dunyo Samad Soʻnggi lahza Akmal Uylanish Javohir Xavfli sarguzashtJamol2010 Farishta RustamTundan tonggachaUmid Kichkina xoʻjayinRustam Men talabaman!Sherzod QorakoʻzSarvar2011 Hay-fay bolakay Aziz Ishonch Sobir Challari Mening akam boʻydoq! Shamshod Nafs Oʻzi Oling quda, bering quda Gʻanisher Omadli yigitlar Avaz Oʻxshatmasdan uchratmas Aziz/Farhod Uchrashuv Alisher Zamonaviy sovchilar Sanjar2012 Aql va yurak Farhod Akajon xizmatingizdamiz Davron Dunyo Endi dadam boʻydoq? Shamshod Oʻgay ona Elnur Sevgi farishtasi Jasur Soʻnggi qoʻngʻiroq Said Super qaynona Tundan tonggacha davom etadi… Umid Uch, ikki, bir. Doʻst, dunyo, imkon Javohir Vafodorim Yolgʻizginam Jamshid2013 Bevalar Akbar Jannatdagi boʻri bolasi Lafz Ulugʻbek Mening doʻstim jin Oʻzi Kameo Sen ketma Oʻzi Kameo Sensiz Sevgi farishtasi 2 Jasur Tasodif Ergash/Sayfi Zamonaviy sovchilar 3 Sanjar2014 Angel of Death (Oʻlim farishtasi) Oʻzbekistonda va AQShda suratga olingan Sensiz hayot zerikarli Qorbobo Korporeyshn2015 Kuzda gullagan daraxt 2016 Hayotda 2019 Muzlagan

+ Televideniye Yil Serial nomi Rol Izoh2001 Ostona Doston2007 Zastava Ismailov Oʻzbekistonda va Rossiyada suratga olingan Dil payvandi Ahror2008 Tutash taqdirlar Jahongir Zebuzar Mahmud

+ Kliplar Yil Qoʻshiq nomi Artist2008 „Bilaman“ Manzura „Ota-ona“ Mirjamol Mirzaahmedov2009 „Leylam“ Shohruhxon2010 „Sensiz yashay olaman ishon“ Ulugʻbek Rahmatullayev „Yor-yor“Sardor Rahimxon2011 „Nima uchun?“2012 „Aylanib ketoyin“ „Nega endi?“Rayhon2013 „Qani?“ „Judayam sogʻindim“ Manzura „Oʻzingda“ Ziyoda Qobilova2016 „Chin sevaman“Nilufar Usmonova

Rejissor Yil Nom Izoh 2011 Mening akam boʻydoq! 2012 Endi dadam boʻydoq? 2015 Kuzda gullagan daraxt2019 Muzlagan

Ssenariy muallifi Yil Nomi Izohlar2015 Kuzda gullagan daraxt 2019 Muzlagan

Diskografiyasi Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor2009 „Nahotki“2010 „Qorakoʻz“ „Kichkina xoʻjayin“ (Ziyoda bilan)2011 „Hay-fay bolakay“ „Oshno“ „Oshiq yurak“ „Yonimda“2012 „Yonayoturman“2013 „Tilim qursin“ (Nilufar bilan)

Futbolchilik faoliyati Uzoqov 2012-yildan beri Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi Istiqlol futbol klubida oʻynab keladi. 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Istiqlol Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston rejissyorlari Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar