Kentau — (qoz. Kentau) Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1955-yildan). Qoratov tizmasi yon bagʻrida, 250–300 m balandlikda, Chimkentdan 225 km shimoli-gʻarbda, Turkiston temir yoʻl stansiyasidan 40 km joylashgan. Aholisi 61,860 kishi (2012).
Aholisi Shahar aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha (qishloq okruglari bilan qoʻsha hisoblaganda) 90,171 kishini tashkil qildi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar — (65,7 %) oʻzbeklar — (25,2 %) ruslar — (5,4 %) boshqalar — (3,7 %) Shahar tashkil topgan vaqtda ruslar koʻplab koʻchib kela boshladi, ulardan boʻlak yunonlar, olmonlar, koreyslar, chechenlar ham koʻchib kelishdi.
Milliy tarkibi 2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra shahar aholisi 209 325 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi aholisining deyarli yarmini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona shahar hisoblanadi. Shahar aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
Qozoqlar — 117 986 kishi (56,36 %) Oʻzbeklar — 84 381 kishi (40,31 %) Ruslar — 3 807 kishi (1,89 %) Tatarlar — 1 134 kishi Ozarbayjonlar — 646 kishi Turklar — 244 kishi Boshqalar — 1 127 kishi Umumiy — 209 325 kishi
Sanoati Shaharda polimetall rudalari boyitiladi. Ekskavator va transformator zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi, kon-metallurgiya texnikumi bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ijtimoiy soha Shaharda madaniyat uyi, markaziy kutubxona, park, kinoteatr, „’’Kentau shugʻilasi’’“, „Kentau“ nomli shahar gazetalari, shahar „Inkar“ telekanali faoliyat yuritadi. Kentau shahrida Xalqaro qozoq-turk universitetining ekologiya, tibbiyot fakultetlarning filiallari, musiqa, tasviriy sanʼat, sport, „Darin“ maktablari, maktab-gimnaziya, kasbi-texnik maktabi, togʻ-kon metallurgiya kolledji, agrokolledj bor.
Galereya
Manbalar
Havolalar Kentau na ofitsialnom sayte Yujno-Kazaxstanskoy oblasti „Kentau: gorod sbivshixsya nadejd“ — statya k 50-letiyu goroda „Ot drevnego Ponta do Kentau“ — statya na sayte pontiyskix grekov Kompleksnaya otsenka vneshnix faktorov, opredelyayuщix zdorove detey i podrostkov promishlennogo sentra Yujnogo Kazaxstana, na primere goroda Kentau
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Kentau Turkum:Turkiston viloyati shaharlari