„Olatogʻ“ xalqaro universiteti (; , , ), eski nomi „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti — Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan xususiy universitet. 1996-yil ochilgan. Universitetda bakalavr, magistr, doktor darajalarini olish mumkin. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti Qirgʻizistondagi eng nufuzli universitetlari qatoriga kiradi.
Universitetda darslarning aksari ingliz tilida oʻtiladi. Baʼzi darslar rus va turk tillarida oʻqitiladi.
„Olatogʻ“ xalqaro universitetini Fethullah Gülenning global taʼlim tarmogʻi moliyalashtiradi va boshqaradi. Turkiya hukumati Gülenni ayblab kelayotgan 2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishi ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi, qirgʻiz rektor tayinladi va oʻzini mahalliy institut oʻlaroq koʻrsata boshladi.
Tarixi thumb|„Olatogʻ“ xalqaro universiteti 2016-yilgacha „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti deb nomalanar edi „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga 1996-yil Fethullah Gülenning islomiy qarashlariga amal qiluvchi va ularni targʻib qiluvchi „Sebat“ taʼlim tashkiloti „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti nomi bilan asos solgan.
2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishida Turkiya hukumati Gülenni aybladi va mamlakat prezidenti Recep Tayyip Erdoğan maʼmuriyati Qirgʻizsitonni Gülen harakatiga aloqador tashkilotlarni yopishga chaqirdi. Ammo Qirgʻiziston hukumati Anqara talablarini bajarishdan bosh tortdi. 2017-yilning fevralida Turkiya hukumati „Olatogʻ“ xalqaro universiteti diplomlari mamlakatda boshqa qabul olinmasligini eʼlon qildi.
Buning ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti va yana 35 maktab va kollejni boshqaruvchi tashkilot nomi ham „Sebat“ taʼlim jamgʻarmasidan „Sapat“ taʼlim jamgʻarmasiga oʻzgartirildi. (Qirgʻiz tilida „sapat“ soʻzi „sifat“ maʼnosini bildiradi.)
Taʼlim „Olatogʻ“ xalqaro universitetida quyidagi boʻlim va dasturlar mavjud:
Yangi texnologiyalar fakulteti Komputer fani Elektronika va nanoelektronika muhandisligi Amaliy matematika va maʼlumot texnologiyalari
Ijtimoiy fanlar fakulteti thumb|„Olatogʻ“ xalqaro universiteti asosiy kampusi Turkologiya Xitoy tili va tarjima Sinxron tarjima Ingliz tili va adabiyoti Pedagogika Psixologiya Jurnalistika
Iqtisod va maʼmuriy fanlar fakulteti Jahon iqtisodi va xalqaro biznes Xalqaro aloqalar Boshqaruv Moliya va banking Huquqshunoslik Buxgalterlik hisobi va audit Industrial muhandislik
Tibbiyot fakulteti thumb|right|„Olatogʻ“ xalqaro universiteti bitiruv marosimi (2011-yil) Umumiy tibbiyot Pediatriya
Hunarlar Iqtisod va buxgalterlik hisobi Banking Marketing Komputer tizimlari va komplekslari Dastur muhandisligi Dizayn Yurisprudensiya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt
Turkum:Qirgʻizistondagi universitetlar