Nursulton Abishevich Nazarboyev (6-iyul 1940-yil, Chemolgʻan qishlogʻi, Almati viloyati) — Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti, bu mansabda 1990-yildan 2019-yilgacha boʻlgan. Nazarboyev 1984-1989 yillarda Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi, 1989-1991-yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi boʻlib ishlagan. U «Millat lideri» unvoni sohibidirКазахстанская правда (, Yelbasi).
Hayoti Bolalik davri Nursulton Nazarboyev 1940-yil 6-iyulda Almati viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolgʻan qishlogʻida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev Katta juzning shaprashti urugʻiga kiradi. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qoʻygan. Chaqaloqqa ism tanlashning oʻzi bir hikoyaga aylangan. Toʻyga tashrif buyurgan qarindosh-urugʻlar har xil ismlarni taklif qilgan. Eng soʻnggida yangi tugʻilgan oʻgʻilning buvisi Mirzabola shunday degan: „Mening sevimli nevaram ikki ismni olib yursin, uning ismi Nursulton boʻlsin”. Mirzabola nevarasining muvaffaqiyatli inson boʻlib voyaga yetishiga katta hissa qoʻshgan.
Nazarboyevning otasi — Abish 1903-yil Olatov togʻining etaklarida, Nazarboy biyning oilasida dunyoga kelgan. Abish Nazarboyev quvnoq, hurmatli kishi boʻlgan. U nafaqat qozoq tili, balki rus va bolgar tillarini ham bilgan. Abish Nazarboyev qozoq va rus qoʻshiqlarini ixlos bilan kuylagan. U 1971-yil vafot etgan.
Nazarboyevning onasi — Aljon 1910-yil Jambul viloyati Qoʻrday tumani Qasiq qishlogʻida dunyoga kelgan. Aljon Nazarboyeva 1977-yil olamdan oʻtgan.
Maktabda Nursulton Nazarboyev yaxshi oʻqigan. U faqat oʻz sinfidagina emas, balki maktabdagi eng aʼlochi oʻquvchilardan biri boʻlgan.
Xizmat yoʻli va siyosiy faoliyati 1960-yil Dneprodzerjinsk texnik uchilishini, 1967-yil Qaragʻandi metallurgiya kombinatiga qarashli oliy texnik oʻquv yurtini, 1976-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy qoʻmitasiga qarashli Oliy partiya maktabini bitirgan.
Xizmat yoʻlini 1960-yil Temirtau shahridagi Qaragʻandi metallurgiya kombinatida oddiy ishchi boʻlib boshladi va domna sexining katta gazchisi vazifasigacha koʻtarildi.
1960—1969 y. — Qaragʻandi metallurgiya zavodida ishladi. 1969—1973 y. — Qaragʻandi viloyati Temirtau shahridagi partiya-komsomol ishlarida maʼsulyatli xizmatlar qildi. 1973—1977 y. — Qaragʻandi metallurgiya kombinatining portkom kotibiПо некоторым утверждениям Нуртас Ундасынов «через свои связи в аппарате ЦК КПСС рекомендовал работавшего в то время в г. Темиртау Н. А. Назарбаева своему ученику, тогдашнему Первому секретарю ЦК КП Казахстана, члену Политбюро ЦК КПСС Д. А. Кунаеву, а в 1977 году организовал для секретаря ЦК КП Казахстана Н. А. Назарбаева аудиенцию второго секретаря ЦК КПСС М. А. Суслова, который на прощание сказал Н. А. Назарбаеву: „Ты в безопасности. Я буду тебя защищать“» .. 1977—1979 y. — Qaragʻandi viloyat partiya qoʻmitasining kotibi, 2-kotibi. 1979—1984 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining kotibi. 1984—1989 y. — Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi. 1989—1991 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi, 1990-yil fevral—aprel orasida Qozoq SSR Oliy Sovetining raisi boʻldi.
Prezidentlik 1990-yilning aprelidan — Qozoq SSR Prezidenti. 1991-yil 1-dekabrda ilk bor Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi boʻlib oʻtdi. Saylov natijasida Nursulton Abishevich Nazarboyev (98,7 %) ovoz bilan gʻalabaga erishdi. 1995-yil 29-aprelda umumxalq referendum natijasida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning vakolatligi 2000-yilgacha uzaytirildi. 1999-yil 10-yanvarda oʻtgan umumxalq saylovning natijasida N.A.Nazarboyev 79,78 % ovoz yigʻib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qayta saylandi. 2005-yil 4-dekabrda saylovda 91,5 % ovozga ega boʻlib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qaytadan saylandi.Qaragʻandi. Qaragʻandi viloyati: Ensiklopediya. - Almati: Atamura, 2006. SBN 9965-34-515-5
Oppozitsiya Nazarboyevni kelishmovchiliklarda aybladi. U gʻolib boʻlgan prezidentlik saylovi, qozoq oppozitsiyasi va gʻarb nazoratchilarining tanqidiga uchrab, ularning fikricha saylov demokratik standartlarga mos ravishva oʻtmadi deb baholandi.http://www.bbc.co.uk/news/world-asia-pacific-15479889 http://www.nytimes.com/2012/01/17/world/asia/observers-criticize-kazakhstans-election.html?_r=0 http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/asia/kazakhstan/9118565/European-election-monitors-are-biased-against-ex-Soviet-states-says-Kazakh-president.html http://www.guardian.co.uk/world/2011/apr/04/kazakhstan-election-officials-accused-intimidation
2011-yil 3-aprelda belgilangan muddatidan oldin boʻlgan prezident saylovida toʻrtinchi bor 95,5 foiz ovoz bilan Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlib, 2016-yilgacha Nursulton Nazarboyev saylandi. Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qozogʻiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Agarda Qozogʻiston Respublikasining toʻngʻich prezidenti boʻlsa, qonunda bunga cheklash qoʻyilmagan.
2011-yil dekabr oyida Mangʻistau viloyatida qatʼiy naroziliklar uyushtirildi. BBCda yozishicha N.A.Nazarboyev boshqaruv vaqtidagi eng katta qatʼiy naroziliklar aksiyasi shu edi.
Oilasi Xotini – Sara Nazarbayeva – Xalqaro „Boʻbek“ bolalar xayriya fondini boshqaradi.
Prezidentning uchta qizi bor: Darigʻa – siyosiy fanlar doktori, JAV „Xabar“ Axborot agentligining direktorlar Kenggashining raisi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti majlisining deputati. Dinara – N. A. Nazarboyev nomli taʼlim fondiga boshchilik qiladi. Forbes jurnalining maʼlumoti boʻyicha 2011-yilda 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil qiluvchi boyligi bilan Qozogʻistonning eng boy ayoli hisoblanadi (dunyoda № 938 va Qozogʻistonda № 4 oʻrinda)World’s Billionaires 2011. Timur Qulibayevning ayoli. Aliya – biznes bilan shugʻullanadi, „Elitstroy“ qurulish kompaniyasini boshqaradi.
N. A. Nazarboyevning yettita nevarasi va ikkita chevarasi bor.
Ikkinchi oila
Nazarboyev oʻzining „Moya jizn“ nomli xotiralar kitobida Asel Isabayena ismli ikkinchi turmush oʻrtogʻi hamda Taumen va Bayken ismli oʻgʻillari borligi haqida maʼlum qiladi.
Kitoblari N.A.Nazarboyev bir qator ilmiy mehnatlarning, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari va jamoviy-siyosiy mavzu boʻyicha kitoblarning avtori: «Казахстанский путь» «Стальной профиль Казахстана» «Без правых и левых» «Стратегия ресурсосбережения и переход к рынку» «Кремлёвский тупик» «Стратегия становления и развития Казахстана как суверенного государства» «Рынок и социально-экономическое развитие» «На пороге XXI века» «Н. А. Назарбаев. Евразийский союз: идеи, практика, перспективы. 1994—1997» «Ғасырлар тоғысында» (А., 1996), «В потоке истории» «Эпицентр мира» va boshqalar.
Ilmiy maqolalari thumb|right|200px|Qozogʻiston pochta markasi, 1993-yil, 50 tenge (Mixel 28) thumb|right|200px|Qozogʻiston pochta markasi, 1993-yil, 100 tenge thumb|right|200px|Qozogʻiston pochta markasi, 2001-yil «Хозяйская расчетливость» «Экономика Казахстана: реальность и перспективы обновления» «Проблемы разделения труда» «Эффект объединений: опыт и проблемы» «Условия новые, „тормоза“ старые» «Проблемы Приаралья и пути их решения» «Terra incognita посттоталитарной демократии» «От имперского союза к содружеству независимых государств» «Экономическая интеграция — разумной альтернативы нет» «Межнациональное единство и экономический суверенитет — главная и надежная опора нашего продвижения вперед» «Наши ориентиры — консолидация, общественный прогресс, социальное партнерство» «Критическое десятилетие» «Об ускорении рыночных преобразований и мерах выхода из экономического кризиса» «Евразийское пространство: интеграционный потенциал и его реализация» va boshqalar.
Iqtiboslari “Qozogʻiston kelajagi — qozoq tilida.” “Kecha boʻlmaganning bugun boʻlishi mumkin, bugun boʻlganning ertaga boʻlishi mumkin, biroq ona tiliga eʼtibor bermaslikning, uni hurmat qilmasning oʻrni toʻlmas chuqurliklarga olib kelishi shubhasiz.” “Millat va til masalasiga kelganda, eng asosiysi, milliy ajralmoqdan yiroq boʻlish kerak.” “Qozoq qozoq bilan qozoqcha gaplashsin.” “Mustamlaka davrni esga solib, aholining nomusiga zid nomlarni ham, tilning qonuniyatlarini, tabiiy uygʻunlikni buzub turgan nomlarni ham oʻzgartirish kerak.”
Nursulton Nazarboyev nomida Nursulton Nazarboyev nomini turli obektlarga berish haqidagi takliflar qozoq jamoatinining baʼzida noroziligiga sabab boʻladi. Biroq Nursulton Nazarboyev barcha takliflarga rozi ham boʻlmadi. Oʻz nomini taʼlim va fan sohasiga bogʻlashni istagan N.Nazarboyev oʻz nomidagi universiteti va intellektual maktablarining ochilishiga roziligi bildirdi. N.Nazarboyev nomidagi taʼlim markazlarini oʻzining nazoratiga ushlashga harakat qiladi. Nazarboyev nomidagi taʼlim mahkamalari Nazarboyev fondi va Nazarboyev Markazini orqali muvofiqlashtiriladi.
left|thumb|alt=A.Nursulton Abishevich Nazarboyev Shanxay konferentsiyasida. thumb|left| alt=A.|Nursulton Abishevich Nazarboyev va Vladimir Putin thumb|alt=A.|Nursulton Abishevich Nazarboyev va Lula Da Silva thumb|alt=A.|Davlat rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotida left|thumb|alt=A.Yadroviy qurolga qarshi sammiti thumb| alt=A.|Nursulton Abishevich Nazarboyev va Djordj Bush
Islohotlari Yangi mustaqil davlat — Qozogʻiston Respublikasining (16.12.1991) — rivojlanishi, barcha atributlari — milliy havfsizlik, davlat boshqaruvi va hokimiyat butkul tarmoqlarining oʻzaro harkatlanish tizimi — milliy davlatning shakllanishi Nazarboyev nomi bilan chambarchas bogʻliq. Nazarboyev rahnamoligida konstitutsiyaviy takomillashish protsesi yuzaga chiqdi, 1995-yilning avgust oyida Qozogʻiston Respublikasining asosiy Qonunini qabullagan umumxalq referendum asosida nihoyasiga yetdi. Qozogʻistonda demokratik institutlarni bunyod qilish Nazarboyevning eng yaxshi mehnatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Soʻz va nashriyot erkinligi, saylov va saylanish huquqi, partiyalar va ijtimoiy birlashmalarni tashkil qilish huquqi, din erkinligi kabi fuqoroviy jamoatning barqaror qadriyalari N.Nazarboyevning vaqtidagi konstitutsiyaviy normalarga aylandi. Iqtisodiy siyosatni, demokratik oʻzgarishlarni, rejadagi kabi yuzaga chiqarishga davlat tuzilmalarining, prezidentlik respublika sifatida xalq tanlagan naʼmunasi oʻz samarasini berdi."Oqmoʻla viloyati" ensiklopediyasi
1992-yilning boshida N.Nazarboyev „Qozogʻistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanish strategiyasi“ tayyorlab, davlatning ichki va sirtqi siyosatining batafsil yoʻlishini aniqladi. Shuning natijasida 1997-yilning boshlarida mamlakatda makroiqtisodiy doimiylik joy oldi, inflyatsiya toʻxtatildi, sanoat jonlanib, moliya-byudjet, soliq tizimi tashkil topdi, xususiylashtirish olib borildi, nafaqa umumlashtirish tizimi yoʻlga qoʻyildi, uy-joy kommunal xoʻjaligini reformalash yuzaga chiqdi. N.Nazarboyevning „Qozogʻiston-2030“ strategiyasi davlat rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini ochiqladi. 2006-yilgi aholiga Yoʻllashida Qozogʻistonning raqobatbardosh 50 davlatning safiga kirish strategiyasi belgilangan.