X - ilgari va so'zlashuv tilida Twitter nomi bilan tanilgan, Qo'shma Shtatlarda joylashgan ijtimoiy media veb-sayti. 500 milliondan ortiq foydalanuvchisi bilan u dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Twitter maʼlumot almashishda eng operativ qurollardan biri boʻlgani uchun bu sohada u katta inqilobga sabab boʻldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga Twitter katta rol oʻynamoqda.
Sayt tarixi Twitter 2006-yil mart oyida Jek Dorsey tarafidan yaratilgan. Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali oʻzining ilk xabarini yoʻllagan edi. Dorseyning 2006-yilning 21-martida San-Fransiskodagi hamkasblariga joʻnatgan ushbu xabari qisqagina „Hamkasblarga taklif“ jumlasidan tashkil topgan edi. Keyingi uch yil ichida Twitter orqali joʻnatilgan tvitlar — 140 belgigacha boʻlgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi.
Tender (ing . tend — xizmat koʻrsatish) — 1) ochiq turdagi (ochiq T.) yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi (yopiq T.) raqobatli savdosotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashinauskunalar xarid etish, qurilishmontaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. Oʻzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda T. keng qoʻllanadi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda, xalqaro loyihalarini amalga oshirishda T. eʼlon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ boʻlgan T. qoʻmitasi tuziladi.
Twitter va Elon Musk Twitter'ni sotib olgach, Ilon Mask unda koʻplab sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi, biroq ularning hammasi ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yoqmadi va ular Twitter muqobillarini qidira boshladilar. Natijada Mastodon kabi boshqa platformalar ancha ommalashdi. Hozir ham Twitter obunachilarini yo'qotishda davom etar ekan, uning o'rnini egallash uchun xuddi shunday mikroblogging platformalar ishlab chiqilmoqda: biri sobiq Twitter rahbari, Jek Dorsi tomonidan yaratilayotgan BlueSky bo'lsa, yana biri ijtimoiy tarmoqlar giganti, Meta tomonidan tayyorlanayotgan yangi ilova bo'ladi.
Twitter kompaniyasi taniqli tadbirkor Elon Musk tomonidan 44 milliard dollar evaziga xarid qilindi. 2022 - yilning 25- aprel kuni Twitter boshqaruv kengashi Muskning taklifini qabul qilishgan. Kelishuv amalga oshishidan ikki hafta oldin Elon kompaniya mutasaddilariga murojoat qilib, kompaniyaning ulkan salohiyati borligi va uni ro'yobga chiqarishga qodirligiga ularni ishontira olgan. Kelishuvning dastlabki boqichida Elon tomonidan kompaniyaning 9,2% aksiyalari sotib olinadi. Keyinchalik u o'zini kompaniya boshqaruvida qatnashishini taklif etadi. Lekin ushbu taklif kompaniya mutasaddilari tomonidan rad etiladi. Aprel oyining o'rtalarida Twitter kompaniyasi Muskni aksiyalar bilan bog'liq firibgarlikda ayblab sudga beradi. Bir hafta muqaddam istiqboli noaniq bo‘lib turgan kelishuv o‘tgan hafta oxirida, Musk kompaniya aksiyadorlarini chaqirib, ular bilan bitimning moliyaviy tafsilotlarini bo‘lishganidan keyin tezlashib ketadi. Aksiyadorlar bosimi ostida qolgan Twitter har bir aksiya uchun 54,20 dollar taklif qilgan Musk bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda xabarlar paydo bo‘lganida birjada Twitter aksiyasi bahosi 6 % ko‘tariladi. Hozirgi kelishuv Musk 9 foiz aksiyani sotib olganini e’lon qilgan kundagidan 40 foiz qimmatroqqa tuzildi. Shu bilan birga bu o‘tgan yili Twitter belgilagan va savdolashgan 70 dollarlik narxdan ancha past. Endi Twitter kompaniyasi rahbariyati aksiyadorlardan kelishuvni ma’qullash uchun ovoz berishni so‘raydi. Xarid qilish bosqichi yakunlangach, kompaniya boshqaruvida sezirarli o'zgarishlar ro'y berdi. Jumladan Musk kompaniyaning 50% hodimlarini ishdan bo'shatib yubordi. Vaziyatga BMT bosh kommisari ham aralashishga majbur bo'lib, ommaviy ishdan bo'shatish inson huqularini toptalishi ekanligini takidlab o'tdi.
Brending Twitter dunyo miqyosida oʻzining qush logotipi bilan ajralib turadi. Oddiygina Twitter so'zi boʻlgan original logotip 2006-yil mart oyida ishga tushirilgandan beri qo'llanilib keladi. Qush tasviri hamroh boʻlgan bu logotip, keyinchalik ingliz grafik dizayneri Saymon Oksli tomonidan yaratilgan klip-art asari ekanligi aniqlangan. Yangi logotip twitter asoschisi Biz Stone tomonidan dizayner Philip Pascuzzo yordami bilan 2009 yilda multfilmga o'xshash qush paydo bo'ldi. Va bu versiya basketbol oʻyinchisi Larry Bird nomiga „Larry the Bird“ deb nomlandi.
Bir yil ichida „Larry the Bird“ logotipi Stoun va Paskuzzo tomonidan multfilm xususiyatlarini yo'q qilish uchun qayta ishlab chiqildi va 2010-yildan 2012-yilgacha foydalanilgan „Larry the Bird“ning mustahkam siluetini qoldirdi. 2012-yilda Duglas Bowman „Larry the Bird“ning yanada soddalashtirilgan versiyasini yaratdi, u qattiq siluetni saqlab qoldi, lekin uni togʻ koʻk qushiga o'xshash qildi. Ushbu yangi logotip oddiygina „Twitter bird“ deb nomlangan va o'shandan beri kompaniyaning brendi sifatida foydalanilmoqda.
2023 yil 3-aprelda logotipi o'zgardi. "Twitter bird" o'rniga dogecoin logotipi veb saytida ko'rinish berdi.
Statistika Katta obunachilarga ega boʻlgan sahifalar , Twitterdagi eng koʻp obunachiga ega sahifalar:
Oʻrni Oʻzgarishi (oylik) Akkaunt nomi Yaratuvchisi va egasi Obunachilar (millionda) Faoliyati Davlati 1 @BarackObama Barack Obama 133 44- AQSh prezidenti 2 @elonmusk Elon Musk 117 Tadbirkor 3 @justinbieber Justin Bieber 113 Qoʻshiqchi 4 @katyperry Katy Perry 108 Qoʻshiqchi 5 @rihanna Rihanna 107 Qoʻshiqchi va tadbirkor ayol 6 @CristianoCristiano Ronaldo 104Futbolchi 7 @taylorswift13 Taylor Swift 91 Qoʻshiqchi 8 @ladygaga Lady Gaga 84 Qoʻshiqchi va aktyor 9 @narendramodi Narendra Modi 84 Hindiston bosh vaziri 10 @YouTube YouTube 77 videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt
Eng koʻp qayta tweet qilingan tweetlar Quyida Twitterda eng koʻp qayta tweet qilingan 10ta tweetlar berilgan: Oʻrni Tweet Tomonidan joylangan Retweetlar (millionda) Joylangan kuni Vaziyati 1 @yousuck2020 4.0 2 @yousuck2020 3.2 3 HELP ME PLEASE. A MAN NEEDS HIS NUGGS @carterjwm 3.1 4 [It is with immeasurable grief that we confirm the passing of Chadwick Boseman. Chadwick was diagnosed with stage III colon cancer in 2016, and battled with it these last 4 years as it progressed to stage IV... ] oilasi@chadwickboseman 2.9 5 If only Bradley's arm was longer. Best photo ever #oscars @TheEllenShow 2.9 6 Always in my heart @Harry_Styles . Yours sincerely, Louis @Louis_Tomlinson 2.8 7#https://youtu.be/fAaUrN7TXxw# @hikakin 1.8 8 Never Not 💜 @BTS_twt 1.7 9 LIMONADA 🗿 @Rubiu5 1.6 10 "No one is born hating another person because of the color of his skin or his background or his religion..." @BarackObama 1.5
Notes
Yana qarang Telegram Facebook Youtube WhatsApp Manbalar
Havolalar
Turkum:Ijtimoiy tarmoqlar Turkum:Messenjer Turkum:Ilon Mask