Chang — koʻp torli tirnama cholgʻu asbobi. Oʻzbekistonda ishlatiladigan zamonaviy chang turi trapetsiya shaklidadir. Chang tayoqchalar bilan urib chalinadi. Koʻpchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor.
Qadimgi chang Changdan qadimda va Oʻrta asr Sharq (Ossuriya, Misr, Shimomliy Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qoʻllangan. Hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan XVII asrgacha qoʻllangan. Oʻrta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda boʻlib, unga 13 va undan ortiq torlar oʻrnatilgan.
Tuzilishi 250px|thumb Hozir changdan oʻzbek, tojik, uygʻur xalqlari keng foydalanadi. Oʻzbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi turi trapetsiya shakldagi tovushxonaga ega. Tovushqator asosoini 14 sim tashkil etadi. Shu simlarning 13 tasi uchtadan boʻlib, bitta eng yoʻgʻon sim yakkadir. Shu asnoda torlaning umumiy soni 40 taga yetadi. Sim torlari 2 xarak vositasida 2 guruhga boʻlinadi: oʻng xarak ustidan oʻtkazilgan simlar past registrda, chap xarak ustidan oʻtkazilganlari 1 va 1,5 oktava yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Changning diapazoni kattadir: katta oktava „lya-bemol“ dan ikkinchi oktava "mi-bemol" gacha yetadi.
Chang bambukdan ishlangan ikki choʻp yordamida urib chalinadi. 1930-yillarda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi (prima, tenor, bas). Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholgʻu sifatida keng tarqalgan.
Taniqli oʻzbek changchilar Oʻzbekistonda chang ijrochilaridan Matyusuf va Fozil Xarratovlar, Roʻzimatxon Isaboyev, Faxriddin Sodiqov, Baxtiyor Aliyev, Tilash Xoʻjamberdiyev, Temur Mahmudov, Ahmad Odilov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar T. Otaboyev, F. Shukurova, T. Sobirov va boshqalar tanilgan.
Boshqa xalqlarda thumb|right|250px|Santur Koʻpchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Fors mamlakatlarida tarqalgan turi santur deb nomlanadi. Changning chang-tenor, chang-bas turlari ham yatarilgan. Turli mamlakatlarda uchraydigan changsimon asobolar quyidagilardir:
Avstriya- Hackbrett Belarus — Tsimbali Belgiya- Hakkebord Braziliya — Saltério Cambodia — Khim Xitoy — 扬琴 (Yangqin) Xorvatiya — Cimbal, cimbale Chexiya — Cimbál Daniya — Hakkebræt Fransiya — Tympanon Germaniya — Hackbrett Gretsiya — santouri Vengriya — Cimbalom Hindiston — Santoor Eron — Santur Iroq — Iraq Santuri Irlandiya — Tiompan Italiya — Salterio Janubiy Koreya — Yanggeum 양금 Laos — Khim Latviya — Cymbala Litva — Cimbalai Meksika — Salterio Mongoliya — Joochin Niderlandlar — Hakkebord Norvegiya — Hakkebrett Polsha — Cymbały Portugaliya — Saltério Ruminiya — Tambal Rossiya — Tsimbali, Dulsimer Serbia — Tsimbal Slovakia — Cimbal Slovenia — Cimbale, oprekelj Ispaniya — Salterio, dulcémele Shvetsiya — Hackbräde, hammarharpa Shveysariya — Hackbrett Tailand — Khim Tatariston — Çimbal Turkiya — Santur Ukraina — Tsimbali Buyuk Britaniya — Hammered dulcimer AQSh — Hammered Dulcimer Vietnam — Dàn tam thập lục Isroil — Tsimbl
Havolalar Oʻzbekiston Mumtoz Musiqasi saytida chang haqida maʼlumot
Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Oʻzbek cholgʻu asboblari Chang