Qorabuloq qishlogʻi () – Turkiston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri"Qozogʻiston" Milliy Ensiklopediyasi. 10-tom. – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2007 – 704 b. – . Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni – 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish Turkiston shahridan 200 km uzoqlikda va tuman markazi Oqsuvkent qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan.
Qadimda Qorabuloq hududi deganda sharqdan Mashat oʻzani, Gʻarbdan Oqtan-oga-Oqsuv, shimoldan Tuyatosh oʻzanidan to janubdagi Isfijob (Sayram) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq – Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta Buyuk Ipak yoʻlidagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan.
Oqsuv (Boyzo) daryosi Sagʻanoqdan oqqan, Karvon yoʻli Isfijobdan chiqib, Oqsuavlot (Xanjuk) tepasida Kultepa, Shoʻrtepa, Qulon, (Qaynarboshi) orqali Taraz, Xitoyga, Qorasuv boʻylab Begjaota, Xonqoʻrgʻon, Oqmasjid orqali Oʻtrorga borgan. Domotdix yuqorisida Oqsulot, Xanjuk, Shoʻrtepa oʻrnida Sharob, Qaynarboshida Kulonkent, Begjaota hududida Oqqoʻrgʻon, Madaniyda Xonqoʻrgʻon, Koʻlkent, Oqsaroy kabi kichik shahar va koʻpgina qishloqlar boʻlgan. 10 ta joyda avliyo, 7 ta joyda katta bozor, karvonsaroylar oʻrinlari saqlangan.
Qorabuloq tarixda Xitoylik, Turonlik, Eronlik va slavyan savdogarlari uchrashadigan markaziy gavjum hudud boʻlgan. Kir, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir TemurShayhi Axmet Ishan islam-orkeniet.kz, Qoraxon, Oʻgʻuzxon kabi jahongirlar Qorabuloq joylashgan hududda boʻlishgan.
Tarixi Qorabuloq qishlogʻi hududida, ayrim manbalarda yozilishicha odamlar miloddan avvalgi yillardan boshlab yashay boshlagan. Oʻrta Osiyoni arablar bosqinchiligidan keyin, Somoniylar sulolasi qoʻlga oldi. 893-yili Qorabuloq Somoniylar davlati tarkibida, 990-1141-yilgacha Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻldi. Oʻrta Osiyosi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar bosib olguniga qadar (1219-1221) Qorabuloq Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻldi (1141-1219). Qorabuloq 1221-yildan to 1370-yilgacha Chigʻatoy ulusi tarkibida, 1370-1501-yil oraligʻida Temuriylar imperiyasi, 1501-yildan boshlab Shayboniylar boshchiligidagi Buxoro xonligi tarkibida boʻldi. Keyinchalik 1598-yili Tavakkal xon bir qancha shaharlar bilan qoʻsha Qorabuloqni ham bosib oldi va Qorabuloq Qozoq xonligining qoʻliga oʻtdi. 1784-yilgacha Qorabuloq gohida oʻzbeklar qoʻliga oʻtsa, gohida qozoqlar qoʻliga oʻtib turdi. 1784-yil Qorabuloqni Yunusxoʻja boshchiligidagi Toshkent davlati bosib oldi va nihoyat, 1809-yili Toshkent davlatini Qoʻqon xonligi boʻysundirdi. 1809-yildan 1876-yilgacha Qorabuloq Qoʻqon xonligi tarkibida boʻldi. XIX asrning oʻrtasiga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻrta Osiyo hududini bosib ola boshlagan. XIX asrning oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keluvchi yerda hukm surgan barcha uch xonlikni qoʻlga kiritganFierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.. Xiva xonligi 1873-yilda magʻlub boʻlgan. Buxoro xonligi 1866-yil bosib olingan. Qoʻqon xonligi boʻlsa 1876-yil Rossiya imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan. Tarixda Qorabuloq asosan oʻzbeklar istiqomat qilgan joy boʻlishiga qaramay, hozirgi Qozogʻiston tarkibiga kiritilgan. Ruslar Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini avtonom oblastlarga parchalayotganda Qorabuloqni Qirgʻiz ASSR tarkibiga kiritgan. Keyinchalik esa Qozoq SSR qilib qayta tuzilgan. SSRI parchalanganidan keyin Qozoq SSR Qozogʻiston boʻldi. Shu asnoda milliy tarkibi faqat oʻzbeklardan iborat Qorabuloq Qozogʻiston tarkibiga qoʻshildi. Baʼzi manbalarga koʻra, sovetlar atayin chegaralarni milliy guruhlarning tarixiy yashash joyiga mos kelmaydigan qilib chizishgan. Bunday qilishdan maqsad ushbu hududlarning tarixiy egalarini butunlay Moskvaga tobe boʻlishlarini taʼminlash va shu yoʻl bilan ularni boshqarishni osonlashtirish boʻlgan.Bu manbalarga koʻra, alohida mamlakatlar yaratishdan maqsad Oʻrta Osiyoda panturkistik va panislomistik oqimlarning oldini olish boʻlgan.Bu strategiyani baʼzilar Iosif Stalinning „boʻl va boshqar“ siyosati deb nomlashadi. Hozir Qozogʻistonda mahalliy aholisi asosan oʻzbeklardan iborat boʻlgan koʻplagan aholi punktlari bor. Oʻrta Osiyoda yashayotganlarning koʻpi aslida boshqa mamlakat tarkibida boʻlishlari kerakligiga ishonishadi . Ayrim olimlarning fikriga koʻra, sovetlar Oʻrta Osiyo mamalakatlari chegaralarini belgilayotgan paytda bu yerlarda koʻp millat vakillari birga yashagani uchun milliy va hududiy chegaralarini aniq boʻlishning iloji boʻlmagan.
Iqtisodi
Qorabuloq aholisining koʻpchiligi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Bu qishloq Qozogʻistondagi yagona 70 % dan ziyod aholisi ish bilan taʼminlangan qishloq boʻlib hisoblanadi. Qishloqda koʻpgina tegirmonlar, koʻngil ochar choyxona, restoran, toʻyxonalar va b. mavjud. Aholisi mehnatkash, bu qishloqdan kuniga 115 tonna goʻsht eksport qilinadi. Astana, Qaragʻandi, Almati, Taraz va boshqa hududlarni goʻsht bilan taʼminlaydi, shuningdek Qorabuloqdan turli sabzavot va koʻkatlar ham chet hududlarga eksport qilinadi. Bu qishloqning yana bir oʻzgachaligi Qozogʻistondagi eng katta mol bozori ham shu qishloqda joylashganidir. Qishloq hududi boshqa qishloqlar bilan taqqoslaganda kichkinagina joyni egallagan. Qishloqda 54 832 bosh yirik mollar bor. Sogʻin sigirlar soni esa – 8 475, yilqilar soni – 12 500, Qoʻy – echkilar soni 61 800. Qorabuloq xoʻjaligi mulkida 7 ming gektarlik yer boʻlishiga qaramay, chorva mollarini boqish uchun yaylov yerlar tanqisBұl auilgʻa jұmissizdiq jat egemen.kz.
Byudjet +Daromadlari:2020-yilgi byudjeti (tenge)AQSH dollari ($)2021-yilgi byudjeti (tenge) AQSH dollari ($) 2022-yilgi byudjeti (tenge) AQSH dollari ($) Kirimlarʻ 128 265 000 339 326 129 398 000 ||align="right" | 306 630,5 ||align="right" | 135 945 000 ||align="right" | 312 517'|- || Soliq tushumlari ||align="right" | 56 313 000 ||align="right" | 148 976 ||align="right" | 82 050 000 ||align="right" | 193 972 ||align="right" | 87 795 000 ||align="right" | 201 827,6 |- || Daromad soligʻi ||align="right" | 15 500 000 ||align="right" | 41 000 ||align="right" | - ||align="right" | - ||align="right" | - ||align="right" | - |- || Shaxsiy daromad soligʻi ||align="right" | 15 500 000 ||align="right" | 41 000 ||align="right" | - ||align="right" | - ||align="right" | - ||align="right" | - |- || Mulk soliqlari ||align="right" | 40 949 000 ||align="right" | 108 331 ||align="right" | 82 897 000 ||align="right" | 195 974 ||align="right" | 88 700 000 ||align="right" | 203 908 |- || Yer soligʻi 3 523 000 9 321 6 523 000 15 421 6 980 000 16 046 Avtotransport soligʻi 36 354 000 96 175 74 156 000 175 310 79 348 000 182 409 Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun ichki soliqlar 400 000 1 058 262 000 620 281 000 646 Tadbirkorlik va kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun olinadigan toʻlovlar 400 000 1 058 262 000 620 281 000 646 Soliqdan tashqari tushumlar 729 000 1 929 1 414 000 3 343 1 512 000 3 475 Davlat mulkidan olinadigan daromadlar 350 000 926 1 266 000 2 993 1 354 000 3 112 Davlat mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlar 350 000 926 1 266 000 2993 1 354 000 3 475 Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy bankining byudjetidan (xarajatlar smetasiga) kiritilgan va moliyalashtiriladigan davlat muassasalari tomonidan qoʻllaniladigan jarimalar, sanksiyalar, rekvizitsiyalar. berishdan olingan daromadlar 350 000 926 117 000 276,6 125 000 287,3 Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy banki byudjetidan qoplanadigan va moliyalashtiriladigan davlat muassasalari tomonidan qoʻllaniladigan jarimalar, sanktsiyalar, ekspropriatsiyalar, neft sektori tashkilotlaridan tushadigan daromadlar bundan mustasno 350 000 926 117 000 276,6 125 000 287,3 Soliqdan tashqari boshqa tushumlar 58 000 153,5 62 000 146,6 66 000 151,7 Transferlardan olingan daromadlar 71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2 Davlat boshqaruvining yuqori organlaridan transferlar 71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2 Tumanlarning (viloyat ahamiyatiga ega shaharning) byudjetidan transferlar 71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2
Aholisi Qishloq aholisi 2021-yilgi maʼlumot boʻyicha 54 000 ga yaqin, norasmiy manbalarga koʻra qishloqda 70 000 dan ortiq kishi istiqomat qilmoqda. 2004-yilga koʻra Qorabuloq qishlogʻi hokimligi bosh mutaxxasisi Abdushukur Rejametovning aytishicha, qishloqda tugʻilish darajasi juda yuqori. Qorabuloqda 1126 ta, 2005-yilning 10 oyida 980 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Aholisi 54 mingga yaqin, Qorabuloqning asosiy qismini, yaʼni 99 % dan ortiq qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Qorabuloq aholisi juda zich joylashgan.
Dinamikasi 19396 7611959 8 851Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1959 g. Chislennost selskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR) – jiteley selskix naselennix punktov – rayonnix sentrov po polu197916 428Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1979 g. Chislennost selskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR) – jiteley selskix naselennix punktov – rayonnix sentrov po polu1999 28 669200233 130Yusufjon Saydaliev, Abdurahim Pratov. // Sayramnoma. – Almati: Dala, 2002. – 431 b.200935 301201543 100 201644 812201846 388Kak jivyot selo Karabulak na yuge Kazaxstana, gde 95% naseleniya – uzbeki.201948 986XALIQ ALDINDAGʻI YeSYePTІK KYeZDYeSULYeR JALGʻASUDA202050 426SAYRAM SAPARINIҢ SIYI2021 52 105Yelіmіzdegі eң үlken auil
Milliy takibi Qorabuloq aholisi 2015-yilgi statistikaga koʻra 43 100 kishini tashkil qildi. Milliy tarkibiga koʻra quyidagicha:
Oʻzbeklar – 42 983 kishi (99,73%) Qozoqlar – 87 kishi (0,2%) Uygʻurlar – 27 kishi (0,06%) Ruslar – 3 kishi (0,01%) Jami – 43 100 kishi (100%)
Iqlimi Qorabuloq iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va qor juda kogʻadi, yozi jazirama issiq. Qish oylarida havo harorati – 31 °C gacha sovub ketadi, yanvar oyining oʻrtacha harorati 3 – 4 °C. Yozda esa 35-43 °C boʻladi, iyul oyining oʻrtacha harorati 24 – 26 °SPogoda v Karabulake.
Ijtimoiy soha Qishloqda 17 ta maktab, 2 ta kollej va 3 ta bozor bor. Shuningdek, Qorabuloqning oʻzida 24 ta masjid, 6 ta kasalxona, 2 ta shifoxona, 8 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta sport kompleks, 15 ta sport zal, 2 ta pochta xizmati, 1570 ta chorva va dehqonchilik xoʻjaliklari, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat uyi hamda Sayram tumanidagi eng katta va nufuzli jome masjidi borAuildastarima rizamin. Qashanda qoldaugʻa әzіr tұradi uakit.kz. 2022-yil 20-dekabr oyidagi maʼlumotga koʻra qishloqda 5 ta toʻyxona va 64 ta kafelar ish yuritmoqda[ JAҢA JIL QARSAҢINDA QҰQIQ BҰZUShILIQTIN ALDIN ALAYIQ!].
Maorif sohasi 250px|thumb|left|№ 25 D.Qoʻnayev nomli kollej Qishloq hokimligi hududida birinchi maktab „Oqtom“ deb ataldi. Uni 1898-yilda Anor domla degan kishi ochgan. 1920-yili u Shoʻro maktabiga aylantirildi. 1936-yilda I. V. Stalin nomi berildi. 1962-yildan beri Hamza nomi bilan ataladi. Qishloqda 12 ta kutubxona bor. Ulardagi umumiy kitob jamgʻarmasi 55 mingga yaqin. Hozirgi kunda Qorabuloqda 1 ta kollej, 8 ta oʻrta, 3 ta toʻliqsiz maktab faoliyat koʻrsatayapti. Ularda 11 000 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda, oʻquvchilarga 1000 ga yaqin pedagog saboq bermoqdaYusufjon Saydaliev, Abdurahim Pratov. // Sayramnoma. – Almati: Dala, 2002. – 431 b.. 2013-yili № 48 D.Qoʻnayev nomli litsey maktabi, № 25-D.Qoʻnayev nomli kollejiga aylantirildi, hozirgi kunda kollej direktori – Ismoilov Irismat. Qorabuloq qishlogʻida 2010-yili 11 ta maktab va 1 litsey maktablari faoliyat yuritdi, shu yili bu qishloqdan maktab bitiruvchilari orasida oliy oʻquv yurtlariga davlat grantini qoʻlga kiritib tushganlar, boshqa yillar bilan taqqoslaganda keskin 2 baravarga koʻpaydi. Qishloqda yagona koʻzga koʻringan 48-litsey maktabidan 36 ta maktab bitiruvchisi davlat grantini qoʻlga kiritdi.
Qorabuloq maktablari
300px|right|thumb|2015-yil 1-sentabrdan boshlab ishga tushirilgan № 17 umumiy oʻrta maktabi