The IT Crowd (ingl. AT olomon) Buyuk Britaniyaning Channel 4 telekanali uchun suratga olingan sitkom teleserialdir. Rejissor — Graham Linehan, produser — Ash Atalla. Serial katta shirkatning axborot texnologiyalari boʻlimida ishlovchi kompyuterchilar haqida hikoya qiladi.

Teleserial 2006-yil 3-fevralidan beri ekranlarda namoyish etilmoqda. Har bir mavsumda oltitadan qism suratga olinadi. Mazmuni The IT Crowd voqealari Londonda joylashgan xayoliy „Reynholm Industries“ shirkatida boʻlib oʻtadi. Serialning asosiy qahramonlari — Roy, Moss va Jen shu shirkat yertoʻlasida ishlashadi. Zamonaviy, osmonoʻpar va ozoda shirkat binosidan farqli oʻlaroq yertoʻla iflos, betartibdir. Shirkat nima shugʻullanishi ayon qilinmaydi (faqatgina ITVni sotib olishgani va „ming sakkiz yuz milliard milliard“ foyda topishgani eslatib oʻtiladi).

Ikki texnik — Moss va Roy odamlarga aralashmaydigan geeklardir. Shirkat ishlariga hissalari tegishiga qaramay, boshqa xodimlar ularni yoqtirishmaydi, oʻzlarini ulardan uzoq tutishadi. Jen esa yangi kelgan xodim boʻlib, kompyuter savodxonligi darajasi oʻta past boʻlishiga qaramay, AT boʻlimining rahbari lavozimiga tayinlangandir. Qahramonlar Asosiy Roy (Chris O'Dowd) — yalqov, ishyoqmas, irlandiyalik AT-muhandis. Ishini bajarmaslik uchun turli bahonalar oʻylab topadi. Gigiena qoidalariga rioya qilmaydi, nosogʻlom ovqatlanadi. Har qismda ATga oid rasm tushirilgan kiyim kiyib keladi. Maurice Moss (tlfz: Moris Moss; Richard Ayoade) — 32 yoshli nerd AT-muhandis. Yigʻilish va ziyofatlarda oʻzini qanday tutishini bilmasa-da, oʻz kasbi va boshqa ilmiy sohalardan juda yaxshi xabardor. Jen Barber (Katherine Parkinson) — AT sohasidan deyarli xabari yoʻq, biroq shirkat boshligʻi, teng darajada kompyuter savodsizi Denholm tarafidan AT-boʻlim rahbari qilib tayinlangan ayol. Stereotipik ayol — poyafzal va erkaklarga oʻch. Roy va Mossning odamlar bilan muomalasini yaxshilamoqchi boʻladi, biroq buning uddasidan chiqolmaydi. Boshqalar Denholm Reynholm (Chris Morris) — Reynholm Industries shirkati rahbari. Yangiliklarga oʻch va har qanday gʻoyani shirkatida tadbiq qiladi (masalan, erkak-ayol aralash hojatxonalar, stressga qarshi maʼruzalar va hk). Xonasida oʻzining portreti osigʻliq turadi. 2-mavsumda moliyaviy ishlarini tekshirish uchun politsiya kelganini eshitib, derazadan oʻzini tashlaydi. Douglas Reynholm (Matt Berry) — Denholmning oʻgʻli va merosxoʻri. Otasining oʻlimidan soʻng shirkatni egallaydi. Yengiltakroq, qoʻli ostida ishlaydigan ayollarga jinsiy tajovuz qilish odati bor (shu tufayli avval sudlangan). Jen bilan yaqinlik qilishga harakat qiladi. Richmond Avenal (Noel Fielding) — Denholmning sobiq yordamchisi, AT-boʻlimda ishlaydi (hoynahoy, serverlarni qoʻriqlaydi). Cradle of Filth musiqasini eshitganidan soʻng goth boʻlib ketgan. Atrofdagilarning kayfiyatini buzavergani uchun „Qizil Eshik“ ortidagi serverxonaga qamab qoʻyilgan (onda-sonda chiqib turadi).

Mukofotlar Serial 2008-yili „Rose d’Or“ Eng Yaxshi Sitkom mukofotini oldi. „The British Sitcom Guide“ saytida The IT Crowd „2006-yilning Eng Yaxshi Britan Sitkomi“, deb eʼlon qilindi. 2008-yil noyabrida serialga Xalqaro Emmy mukofoti berildi.Linehan wins an Emmy for sitcom on the IT set Shane Hegarty, Irish Times, 26-noyabr 2008-yil

Manbalar

Havolalar The It Crowd sayti The IT Crowd, Channel4.com Reynholm Industries , parodiya-sayt

Turkum:Buyuk Britaniya teleseriallari Turkum:Channel 4 dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar teleseriallari