Quyida paradokslar roʻyxati keltirilgan.
Mantiq Timsoh dilemmasi: agar timsoh bir bolani oʻgʻirlasa va uni otasiga timsoh nima qilishini topish sharti bilan qaytarishni vaʼda qilsa, ota timsoh bolani qaytarmasligini aytsa, timsoh nima qilishi kerak? Ichuvchi paradoksi: har qanday mayxonada agar u ichsa, hamma ichadigan odam topiladi. Lotereya paradoksi: bir lotereya chiptasida yutuq yoʻqligiga ishonish barcha chiptalar yutuqsizligiga ishonishga olib keladi. Qarg'a paradoksi: yashil olmalar soni oshishi barcha qargʻalar qora ekanligi ehtimolini oshiradi. Kutilmagan qatl paradoksi: qatl kuni nomaʼlum, demak u hech qachon sodir boʻlmaydi, demak u nomaʼlum qoladi.
Oʻz-oʻziga ishorat Sartarosh paradoksi: sartarosh barchaning soqolini oladigan erkaklarni qirtishlaydi. U oʻzini qirtishlaydimi? Sud paradoksi: yurist talaba domlasiga birinchi ishini yutib chiqsa, pul toʻlashini vaʼda qiladi. Domla darhol toʻlov talab qilib talabani sudga beradi. Curry paradoksi: „Agar ushbu gap toʻgʻri boʻlsa, Ayoz Bobo mavjuddir.“ Istisno paradoksi: „Agar har qoidaning istisnosi boʻlsa, har qoidaning istisnosi boʻlishi qoidasining ham istisnosi boʻlishi kerak.“ Yolgʻonchi paradoksi: „Ushbu gap yolgʻondir“ yoki "Ushbu savol javobi — „yoʻq“mi?" yoki „Men aldayapman.“ Teskari kun: "Bugun teskari kun, " demak bugun teskari kun emas, chunki gap teskari. Russell paradoksi: oʻzini ichiga olmaydigan barcha toʻplamlar toʻplami oʻzini ichiga oladimi? Suqrot paradoksi: „Hech narsa bilmasligimni bilaman.“ Kamtarlik: "Men dunyodagi eng kamtar odamman".
Noaniqlik Tezey kemasi: agar biror kemaning bir qismi almashtirilsa, u hamon oʻsha kema boʻlib qoladi. Demak kemaning barcha qismlarini almashtirilsa, u yana oʻsha kema boʻlib qolaveradi. Biroq, eski qismlardan yana bir kema yasalsa, yana bir oʻsha kema paydo boʻladi. Uyum paradoksi: bitta qum donasi uyum emas. Unga yana bir qum donasi qoʻshilsa ham uyum boʻlmaydi. Demak hech qanday qum miqdori uyum boʻlmaydi.
Matematika 1 − 2 + 3 − 4 + · · · yigʻindisi butun son boʻlmagan ga teng. Lift paradoksi: liftlar koʻproq bir tomonga harakat qilayotgandek koʻrinadi. Qiziqarli son paradoksi: eng birinchi „zerikarli“ son eng birinchi boʻlgani uchun „qiziqarli“ boʻlsa, barcha sonlar „qiziqarli“ boʻlib chiqadi.
Statistika Doʻstlik paradoksi: har qanday odamning doʻstlari undan koʻproq doʻstlarga ega. Yangilanish nazariyasi: nega avtobus kutilganidan kech kelishi kuzatiladi?
Ehtimollik thumb|right|Monty Hall muammosi: qaysi eshikni tanlash kerak? Tugʻilgan kun paradoksi: ikki odamning bir kunda tugʻilganligi ehtimoli qancha? Oʻgʻil yoki qiz paradoksi: ikki bolali oilada kamida bitta oʻgʻil bor. Unda qiz borligi ehtimoli qancha? Monty Hall muammosi: shartli ehtimollikning nointuitiv natijasi. Boʻyinbogʻ paradoksi: ikki odam orasidagi garov ularning ikkoviga ham foyda keltiradigandek koʻrinadi.
Turkum:Mantiq
Manbalar