Georgios „George“ Donis (; 1969-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — gretsiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi. Georgios yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan va Angliya Premyer-ligasida oʻynagan birinchi yunon boʻlgan.
Klubdagi faoliyati Donis oʻzining katta faoliyatini 1990-yilda PAS Giannina bilan boshlagan va muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Panathinaikos jamoasiga koʻchib oʻtgan. Jamoa tarafdorlari uni ajoyib tezlanishi uchun „Poyezd“ deb atashgan.
1996-yil 5-iyunda Gretsiya klubi tarkibida „Ayaks“ klubiga qarshi UEFA Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli oʻyin oʻtkazib yarim finaliga chiqishga yordam bergan. Donis „Blekbern Rovers“ klubiga erkin agent sifatida oʻtgan va oʻshanda yaqinda Bosman bilan 1,1 milliard draxma evaziga shartnoma imzolagan, bu oʻsha paytdagi yunon futbolchilari uchun rekord miqdor edi. Georgios Blekbernda oʻrtacha mavsum oʻtkazgan, „Everton“ va „Koventri Siti“ga qarshi oʻyinlarda gol urgan.
1997-yil 12-dekabrda Donis Gretsiyaga qaytib kelgan va AEK Athens bilan shartnoma imzolagan. Klubdagi faoliyati davomida u avvalgi oʻyinlaridagi darajasiga erisha olmagan. Bundan tashqari, ikki murabbiy — Dumitru Dumitriu va Dragoslav Stepanović bilan ishlagan. 1999-yil 23-martda AEK klubi bilan shartnomaso yakunlanganidan keyib Angliyaga qaytib kelgan va mavsum oxirigacha Sheffield United bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik u Huddersfield Town jamoasida oʻynagan va 2000-yilda faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro karyerasi Donis Gretsiya terma jamoasi safida debyutini 1991-yil 22-dekabrda UEFA Yevro-1992 saralash bosqichi doirasida Maltaga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan. U Gretsiya terma jamoasi safida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati Saudiya Arabistoni 2026-yil 23-aprelda Donis 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish arafasida turgan Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2027-yilning iyuligacha moʻljallangan shartnomani imzolagan. Murabbiy sifatida jahon chempionatidagi debyut oʻyinida Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻyinda durang qayd etgan.
Manbalar
Havolalar Georgios Donis Worldfootball saytida Georgios Donis NFT saytida Georgios Donis kicker saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Panathinaikos F.C. futbolchilari Turkum:Athinaikos F.C. futbolchilari Turkum:Panargiakos F.C. futbolchilari Turkum:PAS Giannina F.C. futbolchilari Turkum:Blackburn Rovers F.C. futbolchilari Turkum:AEK Athens F.C. futbolchilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:Huddersfield Town A.F.C. futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Gretsiyalik muhojir futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi gretsiyalik muhojir sportchilar Turkum:Gretsiyalik futbol murabbiylari Turkum:Ilisiakos F.C. murabbiylari Turkum:Athlitiki Enosi Larissa F.C. murabbiylari Turkum:AEK Athens F.C. murabbiylari Turkum:Atromitos F.C. murabbiylari Turkum:PAOK FC murabbiylari Turkum:APOEL FC murabbiylari Turkum:Al Hilal SFC murabbiylari Turkum:Sharjah FC murabbiylari Turkum:Panathinaikos F.C. murabbiylari Turkum:Maccabi Tel Aviv F.C. murabbiylari Turkum:Al Wehda FC murabbiylari Turkum:Al Fateh SC murabbiylari Turkum:Al-Khaleej FC murabbiylari Turkum:Gretsiya Superligasi murabbiylari Turkum:Kipr Birinchi dvizioni murabbiylari Turkum:Saudiya Pro ligasi murabbiylari Turkum:BAA Pro ligasi murabbiylari Turkum:Isroil Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari Turkum:Germaniyalik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Gretsiyalik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Saudiya Arabistonidagi gretsiyalik muhojir sportchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi gretsiyalik muhojir sportchilar Turkum:Kiprdagi gretsiyalik muhojir sportchilar Turkum:Isroildagi gretsiyalik muhojir sportchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Isroildagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Kiprdagi muhojir futbol murabbiylar