Davide Anchelotti (1989-yil 22-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Liga 1 ning „Lille“ klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Yoshlik yillari Parmada futbolchi va murabbiy Carlo Ancelotti hamda Luiza Jibellini oilasida tugʻilgan. Davide otasining izidan borib, „Milan“ klubida yarim himoyachi sifatida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Avvaliga ijara asosida, keyinchalik esa toʻliq transfer orqali „Borgomanero“ klubiga oʻtgan Anchelotti murabbiylik faoliyatini boshlash maqsadida 2009-yili, 20 yoshida futbolchilikni yakunlagan.

22 yoshida Anchelotti sport fanlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati Dastlabki faoliyat davri Anchelotti futbol murabbiyligidagi ilk qadamini 2012-yilda otasi bosh murabbiy boʻlgan Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ jamoasiga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy etib tayinlanganida qoʻygan edi. Katta Anchelotti „Real Madrid“ klubini boshqarish uchun Ispaniyaga koʻchib oʻtgach, Davide ham uning ortidan borib, klubning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyiga yordamchi boʻlib ishlagan.

Murabbiylik uslubi Zamonaviy va ilgʻor murabbiy sifatida koʻriladigan Anchelotti boshqaruv masalasida xuddi otasi kabi xotirjam va vazmin yondashuvga ega. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagani bois, u „Everton“ klubida ushbu boʻlim boshligʻi Franchesko Mauri bilan birga qilganidek, oʻyinoldi chigalyozdi mashgʻulotlarini koʻpincha oʻzi oʻtkazar edi . U otasi bilan yaqin hamkorlikda ishlar va eʼtiborlisi, unga hech qachon „ dada“ deb murojaat qilmaggan. Ular tez-tez oʻzaro fikr almashib turishar, kichik Anchelotti esa bu jarayonda ikkinchi planda qolib ketmasdi. Bu esa ularning oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik shakllanishiga olib kelgan.

Shaxsiy hayoti Ancelotti italyan, fransuz, ispan, nemis va ingliz tillarida gaplasha oladi.

2022-yilning iyun oyida Davide rassom Ana Galochaga uylangan. Juftlikning Lukas va Leonardo ismli egizak oʻgʻillari bor.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Botafogo FR murabbiylari Turkum:Lille OSC murabbiylari