Aleksandrouli () Gruziyaning qizil uzum navi hisoblanadi.

Tarixi Bu uzum navining Gruziya navlari ichida eng qadimiy va eng yaxshilaridan biri ekani aytiladi, biroq Geilweilerhof maʼlumotlar bazasida u Aleksandriya Muskat uzumining tanlab olingan koʻchat navi sifatida qayd etilgan. Bu ikki xil navni anglatishi mumkin: Aleksandrouli vino uzum navi va Aleksriuli Muskat xoʻraki uzum navi.

Tarqalishi va vinolari Gruziyada bu uzum navi Xvanchkara nomi bilan tanilgan yarim shirin taʼmli qizil vino ishlab chiqarishda yoki Mujuretuli uzum navi bilan aralashtirilib, oʻrtacha quyuqlikka ega, yarim quruq, ogʻizda yoqimli va oʻtkir taʼm qoldiruvchi vino tayyorlashda ishlatiladi. Bunday vinolar yaxshi kislotalilikka ega boʻlib, taʼmi va hidida anorni eslatuvchi aromatlar borligi aytiladi.

Tokzorlari va vitikulturasi

Mazkur uzum navi Gruziyaning nisbatan namroq gʻarbiy qismini yetishtiriladi.

Sinonimlari Aleksandrouli, shuningdek, Aleksandroouly, Aleksandrouliy, Aleksandrouli Shavi, Alexandreouli, Alexandroouli, Alexandrouli, Kabistona va Kabistoni sinonimlari bilan ham tanilgan.

Yana qarang Gruziya vinolari Gruziya sharoblari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Gruzin vinolari Turkum:Gruziya uzum navlari