Imom Avniddin maqbarasi () — tarixiy ziyoratgoh, Iroqning Mosul shahrida joylashgan edi. 2014-yilda Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan vayron qilingan.
Tarixi Maqbara 1248-yilda Mosul otabegi Badr al-Din Lu’lu tomonidan bunyod ettirilgan. U islom paygʻambari Muhammadning sahobasi va shialik mazhabining ikkinchi imomi Hasan ibn Alining oʻgʻli imom Avniddinning qabri ustida qurilgan. Inshoot ikki marta, dastlab 1744-yilda, keyin esa 1776-yilda taʼmirlangan. 1964-yilda maqbaraning tashqi devorlari suvoq bilan suvalib, tashqi bezaklari yashirilgan .
Qurilishi Maqbara kub shaklida qurilgan boʻlib, u yerga shimoliy tomondan kirilgan. Ziyoratgohning janubi-gʻarbiy burchagida mehrob joylashgan. Mehrob burchakda tutashib, tokcha shaklini hosil qiluvchi ikkita bezakli paneldan iborat. Maqbaraning ichki va tashqi qismlari gulli naqshlar hamda yozuvli hoshiyalar bilan bezatilgan. Ushbu yozuvlarda Badriddin Lu’luning nomi va inshoot 1248-yilda qurilgani qayd etilgan. Imom Avniddin ibn Hasan ibn Alining yogʻochdan yasalgan sagʻanasi tashqi tomoni gulli naqshlar bilan oʻyib bezatilgan. Unda Badriddin Lu’lu nomi bitilgan yozuv ham mavjud.
Qabr joylashgan xonaning sharqiy tomonida ayvon mavjud. Ayvon oldida Usmoniylar posholari va ularning qarindoshlari uchun ajratilgan xususiy qabriston boʻlgan.
1964-yilda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari davomida binoning quyi qismi qalin suvoq qatlami bilan qoplangan. Gʻishtin bezaklari joylashgan yuqori qismiga esa yupqa oq suvoq suvalgan.
2014-yilda buzib tashlanishi Imom Avniddin maqbarasi 2014-yil iyul oyida Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan portlovchi moddalar bilan vayron qilingan.
Manbalar
Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Mosuldagi binolar va inshootlar