Đặng Văn Lâm (; Lev Shonovich Dang nomi bilan ham tanilgan ; 1993-yil 13-avgustda tugʻilgan) — vyetnamlik professional futbolchi, V.Liga 1 ishtirokchisi boʻlgan „Ninh Bình“ klubida darvozabon sifatida toʻp suradi. Đặng Rossiyada tugʻilgan boʻlib, Vyetnam milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Xalqaro faoliyati

U 2015-yilda, Vyetnam xorijdan kelib chiqishi vyetnamlik boʻlgan futbolchilarni izlayotgan paytda mamlakat terma jamoasida oʻynay boshlagan. Chexiyada tugʻilgan Mạc Hồng Quân bilan birgalikda u milliy terma jamoaga jalb etilgan ikki nafar taniqli xorijlik vyetnam futbolchisidan biri hisoblanadi.

2017-yilning iyun oyida u 2019-yilgi AFC Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Xoshimin shahrida Iordaniyaga qarshi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazgan. Ushbu 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda u oʻz mahorati tufayli darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga yordam bergan va koʻrsatgan oʻyini uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Biroq, uning salohiyati faqatgina 2018-yilgi AFF chempionatiga kelib unga katta shuhrat keltirgan; u Vyetnamga ilk chempionlikdan oʻn yil oʻtib, Janubi-Sharqiy Osiyoni yana bir bor zabt etishga yordam bergan.

2019-yilgi Osiyo kubogining 1/8 finalida yana Iordaniyaga qarshi maydonga tushib, 120 daqiqalik oʻyindan soʻng oʻtkazilgan penaltilar seriyasida Ahmad Samirning zarbasini qaytarib, muhim seyv amalga oshirgan va Vyetnamning chorak finalga chiqishiga yordam bergan.

Đặng Vyetnamning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqichida muhim rol oʻynadi va u yerda ajoyib oʻyin namoyish etdi. Jumladan, Vyetnam oʻz uyida azaliy raqibi Tailandga qarshi oʻtkazgan hal qiluvchi bahsda penaltini oyogʻi bilan mahorat ila qaytargan. Ushbu seyv oʻxshashligi tufayli Igor Akinfeevning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi oʻyinda qaytargan penaltisiga qiyoslangan. Ikkinchi saralash bosqichining ikkinchi yarmida Dang Van Lam „Cerezo Osaka“ klubidagi jamoadoshlaridan biri COVID-19 yuqtirib olgani sababli terma jamoa qaydnomasi safidan chiqishga majbur boʻlgan

Shaxsiy hayoti Đặng Văn Lâm Moskvada vyetnamlik ota Đặng Văn Sơn va rus millatiga mansub ona Olga Jukova oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi sahna sanʼati bilan shugʻullangan, onasi esa sobiq balerina edi. Shuningdek, uning bitta ukasi va bitta singlisi bor. Onasi afsonaviy sovet darvozaboni Lev Yashinga qattiq havas qilgani uchun unga ruscha Lev ismini qoʻygan, futbolchining oʻzi ham Yashinga muxlislik qilardi.

U 2018-yildan beri Bùi Thị Yến Xuân bilan ishqiy munosabatda boʻlib, 2024-yil 7-iyulda Nha Trang shahrida unga uylangan.

Oilasining sanʼatga aloqadorligi unga katta taʼsir koʻrsatgan boʻlsa-da, u futbol yoʻlini tanladi. U oʻzining yaxshi ovozi va qoʻshiq kuylash mahorati bilan ham tanilgan. U uchta tilda: vyetnam, rus va ingliz tillarida soʻzlasha oladi.

U pravoslav xristian boʻlib, oʻyinlar vaqtida tez-tez choʻqinib turadi. Shu tariqa, u milliy terma jamoadagi birinchi pravoslav xristian vyetnamlik futbolchi hisoblanadi.

Yarim rus boʻlgani sababli u futbol boʻyicha Rossiya milliy terma jamoasiga ham muxlislik qiladi. U odatda milliy terma jamoani oʻziga kumir boʻlgan Artyom Dzyuba uslubida olqishlaydi.

Yutuqlari Osaka

J.Liga kubogi sohibi: 2021 Din Din

Vyetnam milliy kubogi sohibi: 2022 Ninxyan

V.Liga 2: 2024-25 Vyetnam milliy kubogi sohibi: 2025-26 Vetnam Olimpiadasi VFF kubogi: 2018 Vyetnam

AFF chempionati: 2018, 2026-yil; ikkinchi oʻrin: 2022 Qirol kubogi sohibi: 2019 VFF kubogi: 2022 Shaxsiy

AFF chempionatining eng yaxshi XI: 2018 ASEAN futbol federatsiyasining eng yaxshi jamoasi: 2019 AFF chempionati yulduzlari: 2022 Vyetnam bronza toʻpi: 2023 V.Liga 2 mavsum jamoasi: 2024-25

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Moskvalik futbolchilar Turkum:Vyetnamlik erkak futbolchilar Turkum:Vyetnam milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Vyetnam yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:V.Liga 1 futbolchilari Turkum:V.Liga 2 futbolchilari Đang Van Lam Turkum:J1 ligasi futbolchilari Turkum:Laos Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Hoang Anh Gia Lai FC futbolchilari Turkum:Haiphong FC futbolchilari Turkum:Quy Nhon United FC futbolchilari Turkum:Ninh Binh FC futbolchilari Đang Van Lam Turkum:Cerezo Osaka futbolchilari Turkum:FC Rodina Moskva futbolchilari Turkum:Vyetnamlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Laosdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari